O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
morfologiya qollanma
Tartib sonlar. Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib sonlar deyiladi. U -(i)nchi
qo’shimchasi yordamida yasaladi. Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda, -(i)nchi qo’shimchasi o’rnida arab raqamidan so’ng chiziqcha yoziladi: 9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari bilan ifodalanganda, chiziqcha qo’yilmaydi. RAVISH Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdor kabi belgilarni bildiruvchi va “qanday?”, “qachon?”, “qayer (-ga, -da, -dan)?”, “qancha?” singari so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlar ravish deyiladi. Ravishlarning yasalishi. Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo’linadi. Yasama ravishlar qo’shimchalar qo’shish, asos qismi juft va takror qo’llash yoki ikki asosni biriktirish yo’li bilan hosil qilinadi. Tuzilishiga ko’ra ravishlarning sodda, qo’shma, juft va takroriy turlari farqlanadi. Ravish yasovchi qo’shimchalar. -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo’shimchalari ot, sifatga qo’shilib ravish yasaydi: eskicha, o’zicha, yillab, qahramonona, vijdonan erkakchasiga. Ravishlarda -dan, -ga, -da kelishik, -i(-si) egalik qo’shimchalari asos qismi bilan mustahkam birikib, hozirda ajralmas holga kelgan(qotib qolgan). Tubdan, to’satdan, qo’qqisdan, kechalari, avvalari, kechasi, jo’rttaga. Ravishlarning ma’no turlari. Ravishlar ma’nosiga ko’ra holat, payt, o’rin, miqdor-daraja, maqsad-sabab ravishlariga bo’linadi. Ataylab, atayin, jo’rttaga, qasddan, azza-bazza (maqsad) noiloj, noilojlikdan(sabab) ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi. Holat ravishlari. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va “qanday?”, “qay holda?”, “qay tarzda?” so’roqlariga javob bo’luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi. Holat ravishlari: jim, yayov, chindan, qo’qqisdan, to’satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma- bir, yakama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo’rg’a mardlarcha Payt ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, “qachon?” so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt ravishlariga endi, hozircha, so’ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi. O’rin ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarmaslik o’rnini bildirgan va “qayer (-ga, da, - dan)?”so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar o’rin ravishlari hisoblanadi. O’rin ravishlariga olg’a, ichkarida, tashqarida so’zlari kiradi. Miqdor-daraja ravishlari. Harakat-holatning bajarilishidagi miqdor-darjasini bildiradigan va “qancha?’ so’rog’iga javob bo’ladigan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi: sal, picha, xiyol, oz, ko’p, kam, ancha kabi. OLMOSH Barcha mustaqil so‘z turkumlari, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi. Masalan: Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‘zi (ot) o‘rnida, ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo‘lsin gapi o‘rnida qo‘llanilgan. Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi. Uning qaysi ma’noda kelayotgani matnda qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Olmoshlarning ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlari bor: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling