O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
U kishi keldi – Qaysi kishi?=ko’rsatish 
O`zlik olmoshlari
Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan predmetni 
ko‘rsatuvchi o‘z so‘zi o‘zlik olmoshi sanaladi. O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba’zan egalik qo‘shimchalariga
mos kishilik olmoshlari bilan mening o‘zim, sening o‘zing, sen o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzida 
qo‘llanadi va bu vaqtda ko‘pincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanadi. 
So`roq olmoshlari 
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida 
so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi. So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar 
so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga
so‘roq belgisi qo‘yiladi: Siz qaysi kitoblarni o‘qigansiz? 
Belgilash olmoshlari 
Har so‘zi so‘roq olmoshlariga, bir so‘ziga qo‘shilib to‘pdan ajratilgan shaxs, 
narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi. Hamma, barcha, bari, butun 
olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakatlarni jamlab ifodalaydi. Demak, to‘pdan ajratilgan yoki
jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar BELGILASH 
OLMOSHLARI sanaladi. 
So`roq olmoshlari 
So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan gumon 
olmoshlari hosil qilinadi. Alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan, -dir qo‘shimchasi esa so‘roq 
olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi. (allamahal - ravish) Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib
yoziladi. Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. Bir so‘zi kishi,
narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir,
nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi 
gumon olmoshi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin 
almashina olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling