O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


ISMLARNING SINTAKTIK (MUNOSABAT) SHAKLLARI


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

ISMLARNING SINTAKTIK (MUNOSABAT) SHAKLLARI 
Egalik
 
Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi- xususiyat, harakat-
holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan shakllar tizimi EGALIK QO‘SHIMCHALARI 
hisoblanadi: Ilmning nihoyasi yo‘q. (Abdurauf Fitrat) O‘qishda, madaniyatda ilg‘or, sog‘lom, siyosiy 
yuqori saviyali yoshlarimiz bizning iftixorimizdir. (Oybek) 
Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo‘llangan III shaxs egalik qo‘shimchasi 
shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning 
uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanilmaydi. Masalan: Bobur bog‘i; 
Orol dengizi. 
-i, -si egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi.
Bunday so‘zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘qotgan: kechasi, kunduzi kabi. 
Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat bajaruvchisining 
shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so‘zning 
qo‘llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo‘lmaydi. Terak, qishloq, bolalik singari ikki va ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismning oxirgi k,q tovushi g va g‘ tarzida talaffuz 
qilinadi va shunday yoziladi. Qorin, o‘g‘il, singil kabi ikkinchi bo‘g‘inida i unlisi ishtirok etgan so‘zlarga 
egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi tushib qoladi va shunday yoziladi. 
Nok, chok singari bir bo‘g‘inli, idrok, ishtirok singari ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda, asos qismda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. 
Avvallari, tuni, kechasi, kunduzi - bularda egalik qotib qogan. 
Sifatdosh, harakat nomida egalik – shaxs,son bildiradi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling