O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

Tushum tushib qolmaydi: 
1. Orasida so’z kelsa 
Kitobning eski varag’i 
2. Atoqli ot(shaxs nomi) 
Karimning kitobi 
3. Olmosh 
Mening kitobim 
4. Sifatdosh (Otlashgan so’z) 
Kechikkanning kitobi 
Jo`nalish kelishigi 
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga 
javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? 
so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi 
k,q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
qo‘shilganda, -ka, -qa shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. G‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga
qo‘shilganda, masalan, tog‘+ ga > toqqa tarzida -qa shaklida talaffuz qilinsa ham, -ga tarzida yoziladi. 
O`rin-payt 
O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi
va hokim qismda ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday otlar gapda o‘rin holi vazifasida 
keladi. Payt otlariga qo‘shilib,qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan
harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga
qo‘shilib, kimda? nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda to‘ldiruvchi vazifasida 
keladi. 
Chiqish kelishigi 
Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga 
javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va 
payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan? nimadan? so‘roqlariga javob 
bo‘ladi va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi. Ba’zan ayrim otlar, sifatdoshlar va boshqa so‘zlarga qo‘shilib, 
nima sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi vazifasida keladi. Ba’zan tushum kelishigi
o‘rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. 
Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi. 
ni – dan 
Uzumni yedi – uzumdan yedi 
ni -ga 
otni mindi – otga mindi 
ni – da 
dalani aylandi – dalada aylandi 
ning – dan 
kelganlarning biri – kelganlardan biri 
ga – dan 
kelganingga xursandman – kelganingdan xursandman 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling