O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Kabi, singari --- O’XSHATISH


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

Kabi, singari --- O’XSHATISH 
Qadar --- CHEGARA 
Bilan, orqali --- VOSITA 
Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin, bo‘ylab kabi ko‘makchilar bosh kelishik 
shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. 
Ko‘ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi ko‘makchilar jo‘nalish 
kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. 
Tomon ko‘makchisi bosh va jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. 
Keyin, bo‘lak, boshqa, o‘zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval kabi ko‘makchilar chiqish kelishigi 
shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. 
Old, ost, ust singari vazifadosh ko‘makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. 
Bunday hollarda ba’zan kelishik qo‘shimchasi qo‘llanmasligi ham mumkin. 
Ko’makchilar 4 ta kelishikda ishlatiladi: 
BOSH: bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin 
JO’NALISH(-ga+): ko’ra, qaramay, yarasha, doir 
CHIQISH(-dan+): keyin, bo’lak, boshqa, o’zga 
QARATQICH(-ning+): oldi, osti, usti… 
BOG‘LOVCHILAR 
Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash 
uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi. Masalan: va, ammo, lekin, biroq, 
chunki, yo... yo, dam... dam, goh... goh singari. 
Vazifasiga kora bog‘lovchilar teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. O‘zaro teng 
munosabatdagi gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lab keluvchi bog‘lovchilar TENG BOG‘LOVCHILAR 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
hisoblanadi. Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lash bilan birga ular o‘rtasidagi 
mazmuniy munosabatni ham ro‘yobga chiqaradi. Shunga ko‘ra teng bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 
1) biriktiruv bog‘lovchilari: va, hamda, bilan, ham; 
2) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq; 
3) ayiruv bog‘lovchilari: yoki, yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, bir ... bir,ba’zan ... ba’zan, xoh ... xoh;
4) inkor bog‘lovchisi: na ... na. 
Bog‘lovchilar ham xuddi ko‘makchilar singari sof va vazifadosh turlarga bo‘linadi. Faqat 
bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‘zlar sof bog‘lovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq 
kabi. Bir o‘rinda bog‘lovchi, boshqa o‘rinda ko‘makchi, yuklama yoki modal so‘z vazifasida keluvchi 
bog‘lovchilar vazifadosh bog‘lovchilar sanaladi. Masalan: Yozda Buxoroga qarindoshlarimizni ko‘rgani 
bordik ham (bog‘lovchi) tarixiy obidalarni tomosha qildik. Bilimli kishi o‘lsa ham (yuklama) uning 
nomi o‘chmaydi... 
Teng munosabatdagi gap bo‘laklarini va gaplarni o‘zaro biriktirib keluvchi bog‘lovchilar 
biriktiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Biriktiruv bog‘lovchilariga va, hamda sof bog‘lovchilari, bilan 
ko‘makchi-bog‘lovchisi, -u (-yu), -da, ham yuklama-bog‘lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog‘lovchi 
vazifasida yakka va takror holda qo‘llaniladi. -u (-yu), -da o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan 
ajratiladi. 
O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko‘rsatuvchi 
bog‘lovchilar ayiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Masalan: yo, yoki, yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, 
ba’zan ... ba’zan, bir ... bir kabi. Takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan yozuvda vergul 
qo‘yiladi. 
O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar yoki gaplarni bir-biriga bog‘lab keluvchi 
ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari sanaladi. Balki so‘zi ko‘pincha zidlov 
bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanadi. Masalan: Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki 
xayolini chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi. 
Uyushiq bo‘lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘lovchi na... na 
yordamchisi inkor bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘ladi. Na... na 
yuklama vazifasida ham kelishi mumkin. Bunda gapning kesimi inkor shaklida bo‘ladi. 
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra yakka va takror bog‘lovchilarga bo‘linadi. Va, ammo, lekin, 
biroq, chunki, yo kabi bog‘lovchilar yakka, yo... yo, dam... dam, goh... goh bog‘-lovchilari esa takror 
bog‘lovchilar sanaladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling