O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Ergashtiruvchi bog`lovchi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

Ergashtiruvchi bog`lovchi 
O‘zaro tobe munosabatida bo‘lgan gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lash uchun 
ishlatiladigan bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchi sanaladi. 
Chunki, ya’ni, agar, garchi singari so‘zlar ergashtiruvchi bog‘lovchilardir. 
Chunki, negaki bog‘lovchilari sabab bog‘lovchilari hisoblanadi.Yozuvda bu bog‘lovchilardan oldin 
vergul qo‘yiladi. Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov bog‘lovchisi sanaladi. Yozuvda ya’ni bog‘lovchisidan oldin 
vergul qo‘yiladi. 
Agar, agarda, basharti, garchi singari bog‘lovchilar shart bog‘lovchilari hisoblanadi. 
Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra 2 xil: 
1) Teng bog’lovchi 
2) Ergashtiruvchi bog’lovchi 
Bog’lovchilar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil: 
1) Yakka bog’lovchilar 
2) Takror bog’lovchilar 
Bog’lovchilar mazmuniy munosabatiga ko’ra: 
Teng bog’lovchilar 4 xil: 
Biriktiruv, zidlov, ayiruv, inkor 
Ergashtiruvchi bog’lovchilar 5 xil: 
Aniqlov, sabab, maqsad, qiyoslash, shart 
TENG BOG’LOVCHILAR: 
BIRIKTIRUV BOG’LOVCHILARI: 
va, hamda, bilan, ham, -u/yu –da 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
ZIDLOV BOG’LOVCHILARI: 
ammo, lekin, biroq, balki 
AYIRUV BOG’LOVCHILARI: 
Yo, yoki, dam…dam, goh…goh 
INKOR BOG’LOVCHILARI: 
na…na (kesimi tasdiq(bo’lishli) bo’lishi kerak) 
ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILAR: 
ANIQLOV BOG’LOVCHISI: ya’ni (ham bo’lakni, ham gapni bog’laydi) 
SABAB BOG’LOVCHILARI: chunki, negaki (faqat gaplarni bog’laydi) 
MAQSAD BOG’LOVCHISI: toki (faqat gaplarni bog’laydi) 
QIYOSLASH BOG’LOVCHILARI: go'yo, go’yoki (ham bo’lak, ham gapni bog’laydi) 
SHART BOG’LOVCHILARI: agar, agarda, basharti, garchi, mabodo, gar (ham
bo’lakni,ham gapni bog’laydi) 
Vazifadosh bog’lovchilar 
Yuklama bog’lovchi: 
ham, na…na, -u/yu –da (va yoki lekin ni o’rnida kelganda) 
Ko’makchi bog’lovchi: 
bilan (va ni o’rnida kelganda) 
Modal so’zlardan kelgan bog’lovchi:
balki (aksincha ni o’rnida kelganda) 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling