O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

YUKLAMA
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor 
kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi. 
Yuklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go‘yo, go‘yoki, naq, hech, sira, nahotki, na ... na so‘zlari; 
2) -mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu, -da, -a singari qo‘shimchalar kiradi. Ularning birinchi
guruhi so‘z-yuklamalar, ikkinchi guruhi esa qo‘shimcha- yuklamalar sanaladi. 
-u (-yu), -da yordamchilari o‘rniga va bog‘lovchisini qo‘yish mumkin bo‘lsa,bog‘lovchi vazifasida, 
boshqa holatlarda yuklama vazifasida keladi.-da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda, ko‘pincha 
uning o‘rniga ham yuklamasini qo‘yish mumkin bo‘ladi. 
Gapning mazmuniga so‘roq-taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlarga 
so‘roq yuklamalari deyiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so‘zga qo‘shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha 
bilan ajratib yoziladi. 
O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat va - gina (-kina, -qina) 
yuklamalari ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi. Bulardan faqat sof yuklama, -gina (-kina, -
qina) vazifadosh yuklamadir.
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar 
kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari hisoblanadi. Hatto, nahotki, ham, g‘irt singari so‘zlar, -ku, -u (-yu), -
da, -oq (-yoq) qo‘shimchalari kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridir. Yozuvda -ku, -u (-yu), -da 
yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq) yuklamasi esa qo‘shib yoziladi. 
So‘z yoki gapga o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go‘yo(ki) kabi yordamchi so‘zlar 
o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi. Shuningdek, ular ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida 
ham kelishi mumkin. 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi –dir qo‘shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi. 
Bu yuklama -man, -san qo‘shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo‘shimchasi -dir bilan
shakldoshdir. -dir yuklamasi urg‘u olmaydi. 
Gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, na...na kabi so‘zlar 
inkor yuklamalari sanaladi. Bunday yuklamalar qo‘llanganda, gapning kesimi 
inkor shaklida bo‘ladi. 
Yuklamalar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil: 
1) so’z yuklama 
2) qo’shimcha yuklama 
Yuklamalar qanday yozilishiga ko’ra 2 xil: 
1) so’zga qo’shib yoziladigan yuklama 
2) so’zdan chiziqcha bilan yoziladigan yuklama 
1.SO’ROQ – TAAJJUB YUKLAMALARI: -mi, -chi, -a(ya) 
2.KUCHAYTIRUV-TA’KID YUKLAMALAR: hatto, -ku, -u(yu), -da, g’irt 
3.AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALAR: Faqat, gina, atigi, xolos 
4.O’XSHATISH-QIYOSLASH YUKLAMA: go'yo, go’yoki, xuddi, naq 
5. GUMON YUKLAMASI: -dir (so’roq olmoshiga qo’shilmaydi) 
6. INKOR YUKLAMASI: hech, sira, na…na (kesimi inkor(bo’lishsiz) bo’lishi kerak) 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling