O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Shuning uchun ko‘makchi ohang tomonidan 
o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko‘makchi doimo ajratib 
yoziladi. Ba’zan bilan, uchun ko‘makchilari badiiy uslubda -la, ila, birla, -chun shaklida qo‘llanadi. -la, -
chun chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
Vazifadosh ko‘makchilar: ost, yon, ust, old, orqa, ro‘para, qosh ot so‘z turkumidan, oldin, 
avval, keyin, so‘ng, tomon ravish so‘z turkumidan, bo‘ylab, qarab, ko‘ra, deya, deb, atab fe’l so‘z 
turkumidan hosil bo‘lgan. Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, o‘z ma’nosini yo‘qotadi, 
shuning uchun ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta
so‘roqqa javob bo‘ladi. Ko‘makchilar yetakchi so‘zga bog‘lanib, unga turli qo‘shimcha ma’nolar 
yuklaydi. 
Sababli, tufayli sabab ma’nosini, uchun sabab va maqsad ma’nosini; tomon, qarab, sari, bo‘ylab 
yo‘nalish ma’nosini; haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari mavzu ma’nosini; kabi, singari ko‘makchilari 
o‘xshatish, qiyoslash ma’nosini; qadar ko‘makchisi chegara ma’nosini beradi. 
-dek qo‘shimchasi narsa-hodisa, belgi-xususiyatga o‘xshatishni ifodalaydi va shu 
ma’noda kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari bilan ma’nodoshlikni hosil qiladi. Jo‘nalish kelishigi (-ga) 
qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo‘ylab ko‘makchilari bilan ma’nodoshdir. 
-dan + RAVISH = KO’MAKCHI 
Keyin uyga ketdi – ravish 
Shundan keyin uyga ketdi – ko’makchi. 
-ning + KO’CHMA MA’NO = KO’MAKCHI 
Uyning ustida mushuk yuribdi – o’z ma’no – ot 
Qarindoshlar uyning ustida talashishdi– ko’chma ma’no – ko’makchi 
Sababli, tufayli --- SABAB 
Uchun --- SABAB, MAQSAD, YO’NALGANLIK, ATALGANLIK 
Tomon, qarab, sari, bo’ylab --- YO’NALISH 
Haqida, to’g’risida --- FIKR MAVZUSI 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling