O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

UNDOV SO‘ZLAR 
His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirishni ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar 
sanaladi. Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 
1) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari. 
Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladi. Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin 
vergul qo‘yilmaydi: Ey Karim, bu yerga kel. His-hayajon undovlari kishining quvonchi, erkalash-
erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g‘azab-nafrat, og‘riq singari hissiyotlarini ifodalaydi. 
His-hayajon undovlarining o‘zi undov gap bo‘lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga
aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doimo undov belgisi qo‘yiladi. dod, voy, eh, uf, obbo, o‘-
hu, urra, voy, Hay-hay 
Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to‘xtatish uchun 
qo‘llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari hisoblanadi. Chu, o‘h-ho‘, ey, kisht, pisht, chuh-chuh, 
hey, o‘v, hoy, ey, chip-chip, chu, pish-pish 
TAQLID SO‘ZLAR 
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar 
hisoblanadi. Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
1) tovushga taqlid so‘zlar; 2) holatga taqlid so‘zlar. 
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar tovushga taqlid so‘zlar sanaladi. 
Masalan, g‘a-g‘a (o‘rdak ovoziga taqlid), di-dit (mashina signaliga taqlid). 
Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlar holatga taqlid so‘zlar 
hisoblanadi. Masalan, lip-lip (chiroq holati), jimir-jimir (suv holati). 
Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan takrorlanishidan hosil
bo‘lgan taqlid so‘zlar takroriy taqlid so‘zlar sanaladi. 
Masalan: gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq. 
Takroriy taqlid so‘zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
Taqlid so’zlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 
1) SODDA taqlid so’zlar 2) TAKRORIY taqlid so’zlar 
Hamma taqlid so’zlardan fe’l yasaladi, ko’pchiligidan esa ot ham 
MODAL SO‘ZLAR 
Ifodalanayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish 
kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul 
bilan ajratiladi. Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish fikrning tartibi, xulosasi kabi 
ma’nolarni bildiradi. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling