O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

TURDOSH OTLAR. 
Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh sanaladi. 
Shaxs otlari. Shaxs otlari “kim?” so’rog’iga javob bo’lib, shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansub-
unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko’ra nomlab keladi. 
Shaxs otlarining bir guruhi asosga -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz (-voz), -vchi, -lik,kash 
qo’shimchalarini qo’shish yordamida yasaladi, -vchi qo’shimchasi i unlisi bilan tugagan fe’llarga 
qo’shilganda, i unlisi u shaklida, a bilan tugagan fe’llarga 
qo’shilganda, a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Undosh bilan tugagan fe’llarga -
uvchi shaklida qo’shiladi: quruvchi, suzuvchi. -lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli 


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
otlarga qo’shilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo’shilgan -lik 
qo’shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: samarqandlik, shaharlik. 
“Nima?’’ so’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga narsa otlari 
deyiladi. Narsa otlari -gich, (-qich, -kich, -g’ich), -gi (-qi, -ki, -g’i), -k, -q, -oq, -(i)ndi, -ma, -don va boshqa 
qo’shimchalar yordamida yasaladi. -q qo’shimchasi a unlis bilan tugagan fe’llarga qo’shilganda, a 
unlis o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: bo’ya+q=bo’yoq. 
“Qayer?” so’rog’iga javob bo’lib, o‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o’rin-joy otlari sanaladi. 
Bunday otlar o’rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham bildiradi, shuning uchun “qayer?’’ 
so’rog’i bilan birga “nima?” so’rog’ini ham olishi mumkin. -zor, -loq, -iston, -goh qo’shimchalari o’rin-
joy otlarini yasaydi. 
Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi.
Faoliyat-jarayon otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(i)m, -(i)k, (-q) qo’shimchalari yordamida yasaladi: 
ezmalik, g’allachilik, serobgarchilik, terim, unum va hakozo. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin 
bo’lgan narsalarni bildirgan otlarga aniq otlar deyiladi: kitob, mashina, uy, eshik, dutor va hakozo. 
Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan 
narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi: xayol, aql, o’y, go’zallik va hakozo. Aniq otlar birlik 
va ko’plik shaklida qo’llana oladi, ammo mavhum otlar ko’plik shaklida qo’llanganda, asosan, ko’plik 
ma’nosi emas, balki ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi. Mavhum otlar -lik, -ch, -inch 
qo’shimchalari yordamida yasaladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling