O’tgan zamon shakllari. O’tgan zamon shaklalri harakat va holatning gap
aytilayotgan vaqtdan oldin bo’lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -di, -(i)b, -gan (-kan,-
qan) qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi.
-di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va
holatni bildiradi. Bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining -m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -
ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo’llaniladi.
-(i)b qo’shimchasi harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va
qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(-lar) shakllari qo’shiladi.
-gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli harakat va holatning ilgariroq bajarilganini
bildiradi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining -man, -miz; -san, -siz shakllari
qo’shiladi.
O’tgan zamon shakllarida to’liqsiz fe’lning ishlatilishi. Edi, emish, ekan fe’llari to’liqsiz fe’llar
sanaladi. Bu fe’llar yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so’ng keladi, shaxs-son qo’shimchalari to’liqsiz
fe’lga qo’shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan), kelayotgan ekansan (eding, emishsan). Edi,
emish, ekan to’liqsiz fe’llari -di, -mish, -kan shaklida ham qo’llaniladi. Masalan: borgandi, borganmish,
kelarkan.
Hozirgi zamon shakllari. Hozirgi zamon shakllari fe’l asoslariga -yap(ti), - moqda, -(a)yotir, -
(a)yotib qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. Hozirgi zamon shakllari harakat va holatning
gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi. Shaxs-son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan
so’ng qo’shiladi. -yotir, -yotib shakllari unli bilan tuggan fe’l asoslariga, -ayotir, -ayotib shakllari esa
undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi. -yap shakli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga
qo’shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |