O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana20.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1683124
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
morfologiya qollanma

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
- Fe‘lga qo`shilib nima? So`rog`ini olsa ot yasovchi: ek – ekin, yig` - yig`in;
- Fe‘lga qo`shilib qanday? So`rog`ini olsa sifat yasovchi qo`shimcha: to`k – to`kin, To`l – to`lin.
- Erk – erkin otdan sifat yasalgan.
- Birin-ketin, qishin-yozin, oldin ravish yasovchi qo`shimcha.
Eslatma! – l omonim.
- Faqat tuga – tugal so`zida sifat yasovchi ; Qolgan barcha holatlarda nisbat
(lug`aviy shakl yasovchi) qo`shimcha: oqildi, sanaldi.
Eslatma! – sh omonim.
Fe‘lga qo`shilib nima? So`rog`ini olsa harakat nomi : sana – sanash, o`qi – o`qish;
fe‘lga qo`shilib nima qildi? So`rog`ini olsa birgalik nisbat qo`shimcha: o`qish + di - o`qishdi, 
sanash + di – sanashdi; tani – tanish so‘zida sifat yasagan.
Eslatma! – t omonim.
Faqat to`la sifatiga qo`shilib to`lat fe‘lini yasaydi. Qolgan barcha holatlarda nisbat 
(lug`aviy shakl yasovchi) qo‗shimcha: qara – qarat, sana – sanat, o‘qi – o‘qit.
Eslatma! – it omonim.
- Faqat chiq –chiqit so`zi tarkibida ot yasovchi qo`shimcha.
- Kir – kirit, yur – yurit faqat shu ikki fe‘l tarkibida orttirma nisbat qo`shimchasi.
Eslatma! – ir omonim.
- Gap – gapir so`zida otdan fe‘l yasagan;
- Ko`p – ko`pir so‗zida ravishdan fe‘l yasagan;.
- Qolgan barcha holatlarda nisbat qo`shimcha: o‘ch – o‘chir.
Eslatma! – ar omonim.
- Ko‘k - ko‘kar, oq – oqar, qizil – qizar so`zlari tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha.
- Agar –ar qo`shilgan fe‘l qanday? So`rog`ini olgan va otga bog`langan bo`lsa sifatdosh 
qo‘shimchasi: aytar so`z, qaytar dunyo;
- -ar faqat qayt, chiq fe‘llari tarkibida nisbat qo‘shimchasi hisoblanadi: Uni ortiga qaytar. Ular 
yuqoriga suv chiqardi.
- Agar –ar qo`shilgan fe‘l gap oxirida kelsa zamon qo`shimchasi: Kitobni olarman. Bugun 
kelarsiz.
Eslatma! –iz omonim.
Faqat bo`g`-bo`g`iz so`zida fe‘ldan ot yasovchi qo`shimcha. Qolgan barcha
holatlarda nisbat qo`shimchasi: oq – oqiz, tom – tomiz.
Eslatma! –moq omonim:
- Quymoq (taom), chaqmoq (yashin), topishmoq (janr) shu so`zlar tarkibida ot yasovchi 
qo`shimcha.
- Yozmoq, o`qimoq, bormoq fe‘llarida harakat nomi qo‘shimchasi.
Eslatma! -gan, -kan, -qan farqlash kerak. (lekin bu qo‘shimcha omonim emas).
- Gap o`rtasida kelib, otga bog`lansa qanday? qaysi? So`rog`ini oladi va sifatdosh
qo‘shimchasi: o`qigan bola, shoshgan qiz;
- Agar gap oxirida kelsa o`tgan zamon (sintaktik shakl yasovchi) qo`shimchasi 
hisoblanadi. M-n: Sinfimizdagi bola o`qigan.
Eslatma! –r omonim.
- Eski – eskir, qisqa – qisqar so`zlarida fe`l yasovchi ( so`z yasovchi);
- Agar –r qo`shilgan fe‘l gap o`rtasida kelib otga bog`lansa sifatdosh (lug`aviy shakl yasovchi): 
qaynar buloq;
- Agar gap oxirida kelsa kelasi zamon (sintaktik shakl yasovchi) qo`shimchasi: U bu kitobni 
o`qir.
Eslatma! – a omonim.
- Agar ikki fe‘lni bir-biriga bog`lasa ravishdosh qo`shimcha: qila oladi, yig‘lab gapirmoq, 
yoza olmoq.
- Agar fe‘lga qo`shilib, undan so`ng –man, -san, -di, -miz, -siz shaxs–son
Qo`shimchalari kelsa kelasi zamon qo`shimchasi: keladi, boribsiz,
- bur-bura shu fe‘l tarkibida fe`lning kuchli-kuchsizligi va takroriyligini hosil
qiluvchi qo`shimcha.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling