O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet76/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

2.Kuchaytiruv va ta’kid yuklamari: Nahotki, axir, ham, hatto(ki), -oq(-yoq), -ki(-kim), -ku, -da, -y(-yu)yuklamalari kuchaytirish va ta’kid ma’nolarini angatsa, tim(qora), liq(to’la), lim(to’la), g’irt(yolg’on), kir-(shir-kip-yalang’och), jiqqa(ho’l) yuklamalari nutqqa tasviriylik berib, so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ham yuklamasi ba’zan bog’lovchi o’rnida ham qo’llanadi. Zarur daftar ham kitoblarni hozirlab qo’ying.

3.Ayiruv yuklamalari: faqat, -gina, (-kina, -qina): faqat, -gina yuklamalari o’rnidayolg’izso’zi qo’llana oladi.

4.Inkor yuklamasi: Bu yuklama takroriy qo’llanadi: Na o’qiydi, na yozdi.

5.Aniqlov yuklamalari: - xuddi, naq. Xuddi shu yerda uchrashamiz.

6.Gumon yukalamasi:– dir: Uyiga yetib borgandir.

Tayanch so`zlar: so’z, yordamchi, lug’aviy, grammatik, ko’makchi, bog’lovchi, yuklama,inkor,kuchaytiruv, ta’kid, so’roq, taajjub, ergashtiruvchi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Yordamchi so’zlar turkumi haqida ma’lumot bering.
2.Ko’makchi qanday grammatik xususiyatlarga ega?
3.Bog’lovchi qanday grammatik xususiyatlarga ega?
4.Yuklama qanday grammatik xususiyatlarga ega?
Topshiriqlar

1-topshiriq: O’qing, nuqtalar o’rniga ko’makchilardan mosini qo’yib, ko’chiring. Ko’makchilarning ma’nosini izohlang.
Har bir bola menga o’xshagan o’yinqaroq, bolalar ... bu yerda ermak topiladi. (G’ofur G’ulom) 2. Qaytishda bo’lsa, o’rtog’larim ... chillak o’ynaguncha guzardan muzqaymoq olib chap tarafdan keldim. (Hakim Nazir) 3. Bog’da gul chaman-chaman, Men gullarni quchaman. Zavqla ochib qulochim, sho’x qush... uchaman. (Po’lat Mo’min) 4. U so’zining ustidan chiqdi, Тesha... gul ko’chatining tagini yumshatib, kun ora suv quyib turdi. (Farhod Musajon).


2-topshiriq: Тushirib qoldirilgan ko’makchilarni o’rniga qo’yib, gaplarni ko’chiring.
Mustaqillik ... xalqimizning turmushi o’zgardi. Hamma Vatan, yurt ... o’zining kerakligini anglab yeta boshladi. Istiqlol ... gap ketsa, o’z fikrini bemalol ayta oladigan bo’ldi.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling