O’zbek tili sintaksisi. So’z birikmasi. Gap bo’laklari. Gap va uning turlari. O’zbek tili stilistikasi. Nutq uslublari. O’zbek tilida tinish belgilaridan foydalanish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot


Ajratilgan bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot


Download 131.39 Kb.
bet5/8
Sana25.03.2023
Hajmi131.39 Kb.
#1295592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

Ajratilgan bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot

  •  
  • Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo‘laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo‘laklar odatda o‘zlari aloqador bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini izohlab, bo‘rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo‘laklardan maxsus to‘xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg‘u oladi. Masalan: Soyda, qo‘sh yong‘ oqning tagida, oppoq qorga ko‘milib uzoq turdi. (O.YOqubov). Ish qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g‘ayrat va shijoat bilan ishlardik. (CH.Aytmatov).
  • Birinchi gapda «qo‘sh yong‘ oqning tagida» o‘rin holi o‘zidan oldin kelgan «soyda» so‘zining ma’nosini, ikkinchi gapda «yoshlar» o‘zidan oldin kelgan «biz» so‘zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo‘laklaridan to‘xtam (pauza) bilan ajratilgan. Ajratilgan bo‘laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo‘lagi shaklida qo‘llangan.
  • Ajratilgan bo‘laklar oborot shaklida ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Vohid Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog‘ining yonidan o‘tkazib yubordi. (O.YOqubov).
  • Keltirilgan gapda «uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib» ravishdosh oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan.
  • Demak, ajratilgan bo‘laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo‘lagi shaklida va 2) oborot shaklida bo‘lishi mumkin.
  • Ajratilgan bo‘laklar qaysi gap bo‘lagiga oid ekanligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
  • 1. Ajratilgan to‘ldiruvchilar.
  • 2. Ajratilgan aniqlovchilar.
  • 3. Ajratilgan izohlovchilar.
  • 4. Ajratilgan hollar.

GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAr

  •  
  • Gap tarkibida ba’zan shunday so‘zlar va so‘z birikmalari hatto gaplar qo‘llanadiki, ular gapning biror bo‘lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. SHu tufayli bunday so‘z yoki so‘z birikmalari gap bo‘laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega.
  •  
  • Undalma
  •  
  • So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so‘z yoki so‘z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.
  • Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga xos undosh ohangsi, pauza (to‘xtash) bilan aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara ... («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). YUrak, sensan mening sozim, tilimni naycha jo‘r etding. (U.Nosir).
  • Undalma ba’zan ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo‘llanadi: Luqmon hakim o‘g‘liga nasihat qilib aytdi: - Ey o‘g‘il, odamlr so‘zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»).
  • Undalma vazifasida atoqli otlar shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so‘zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka?! (F.Musatjonov). Siz mendan ko‘ra qo‘ylaringizni ko‘proq o‘ylang, cho‘pon aka! (P.Qodirov).
  • Undalma ot, otlashgan sifat otlashgan undov so‘z, so‘z birikmasi va shu kabilar bilan ifodalanishi mumkin: Ey ustod, men buyuk ishlarga qadam qo‘ydim. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). O‘ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog‘ing suv bo‘ldi... (O.YOqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). YAxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq Zargarov (A.Muxtor).
  • Undalma gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo‘laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o‘qib ko‘ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog‘ bon o‘tgan, o‘g‘lim. (J.Abdullaxonov).
  • Undalma kuchli his - hayajon bilan aytilsa, undan so‘ng, undov belgisi qo‘yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).
  •  

Download 131.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling