O’zbek tili sintaksisi. So’z birikmasi. Gap bo’laklari. Gap va uning turlari. O’zbek tili stilistikasi. Nutq uslublari. O’zbek tilida tinish belgilaridan foydalanish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot


Download 131.39 Kb.
bet6/8
Sana25.03.2023
Hajmi131.39 Kb.
#1295592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

Kirish so‘z va kirish birikma

  •  
  • So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini bildiruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi kirish so‘z yoki kirish birikma deb yuritiladi.
  • Kirish so‘z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo‘lagiga tegishli bo‘ladi.
  • Kirish so‘z va kirish birikma:
  • I. So‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini ifodalaydi:
  • 1. Ishonch yoki tasdiqni (albatta, to‘g‘ ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so‘zsiz kabilar): Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). To‘g‘ ri, til suyaksiz-u, lekin suyakni sindiradi. (SHuhrat).
  • 2. Gumonni (ehtimol, balki, aftidang, chamasi kabilar): Ehtimol, o‘z xatolarini tuzatmoqchi bo‘lib yurgandir? (P.Qodirov). Aftidan, professorning so‘zlari unchalik quvonishga arziydigan emas shekilli. (J.Abdullaxonov).
  • 3. Afsuslanish, taajjubni (afsuski, attang, essiz, baxtga qarshi kabilar): Afsuski, boya hamma raislarni mehnatga chaqirmagan ekansiz, Otaqo‘zi aka, - dedi Xolmurodov. (O.YOqubov).
  • 4. Eslatishni (darvoqe, aytgandek, aytmoqchi kabilar): Aytgandek, sizdan bir nima so‘ramoqchi edim... (A.Muxtor). Darvoqe, Anvarga ko‘p mehnatim singgan ... (A.Qodiriy).
  • II. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi (menimcha, sizningcha, ularning aytishicha, aytishlaricha kabilar): menimcha, to‘g‘ risini o‘z vaqtida aytib, xatoning oldini olgan yaxshidir. (J.Abdullaxonov). Keksalarning aytishicha, o‘sha suv tog‘ ning tirqishidan oqib kelib, manna shu buloqdan chiqarmish. (P.Qodirov). Eshitishimcha, Anorxon bilan musobaqalashishga kelishibsizlarmi? (J.Abdullaxonov). Tadqiqotchi olimlarning fikricha, chinor daraxtini qadim - qadim davrlarda yurt kezuvchi sayyohlar, savdogarlar ... Eron va unga qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelishgan. (A.Aminov).
  • III. Bayon qilingan fikrning tarkibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug‘ odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo‘ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblastь yosh yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O.YOqubov).
  • IV. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko‘rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko‘rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomchi so‘xbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov).
  • Kirish so‘z ko‘pincha modal so‘z bilan, kirish birikma esa so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: CHamasi, o‘n minutcha yurilsa, salqin va so‘lim sayribog‘ bor edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida erning nafasini eshitarmishsiz? (O‘.Hoshimov).
  • Kirish so‘z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib, undan oldin vergul qo‘yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo‘q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma’qul, albatta. (P.Qodirov).
  •  

Download 131.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling