O’zbek tili


Download 0.95 Mb.
bet4/7
Sana09.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1181370
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbek tili

ANTONIMIYA

  • Til birliklarining o‘zaro ma’nolariga ko‘ra zid bo‘lib kelishiga antonimiya deyiladi. Antonimiya so‘zi yunoncha anti – «zid», «qarshi», onyma – «ism» demakdir. Antonimiyaning sinonimiyadan farqi shuki, sinonimiyada ikki va undan ortiq til birliklari munosabatga kirishadi. Antonimiyada esa atigi ikkita til birligi munosabatga kirishadi. Biri ikkinchisiga zid bo‘ladi. Ikkisi birgalikda antonimik juftlikni hosil qiladi. Antonimiya lug‘aviy birliklarda ham, grammatik birliklarda ham mavjud.

PARONIM SO‘ZLAR

  • Talaffuzi (tovush qiyofasi) o‘zaro yaqin, ammo ma’nolari boshqa-boshqa bo‘lgan so‘zlar paronimlar deb yuritiladi. Paronim yunoncha so‘z bo‘lib, para – «yonidagi», onyma – «ism» demakdir. Masalan, abonent – abonement, diplomat – diplomant, abzal – afzal, xalos («ozod») – xolos («faqat»), tizmoq – chizmoq, tahlil – tahrir, tahlil – tahsil, ma’naviy – ma’noviy.

BARQAROR BIRIKMALAR

  • Nutq jarayonida fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi.
  • Tilshunoslikning barqaror birikmani o‘rganuvchi bo‘limi paremiologiya (lotincha parema – “barqaror”, logos – “ta’limot”) deyiladi. Barqaror birikmalar so‘z birikmasiga, so‘z qo‘shilmasiga, gapga o‘xshab ketadi. Ammo bu birliklar erkin bog‘lanish asosida yuzaga kelib, ularning bog‘lanishini o‘zgartirishimiz mumkin.
  • Masalan: Kitobning varag‘i (so‘z birikmasi) – kitobimning varag‘i.

MORFEMIKA

  • Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o‘zaro munosabatini, turlarini o‘rganadi. Morfema – so‘zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik–morfologik birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so‘zning qayta bo‘linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, Mehnatkashlarimizning so‘zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o‘ziga hos ma’lum ma’nosida qatnashgan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling