O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek tili kafedrasi


Download 71.65 Kb.
bet12/16
Sana16.06.2023
Hajmi71.65 Kb.
#1519081
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BOBONAZAROVA SEVARANING

Tutushqali yaqishti,
Utg‘alimat og‘rashur.

Qish yozga to‘qnashdi, bir-birlariga ular yomon ko‘z bilan qaradilar, bir-birlarini tutish uchun yaqinlashdilar.Ularning har biri g‘alaba qozonish va yengishni istar edilar.




Qaqlar qamug‘ ko‘lardi,
Tag‘lar bashi ilardi,
Ajun tani ilirdi,
To‘to‘, chechak yerkashur.

Suvlar ko‘payib, chuqurlar ko‘lga aylandi. Tog‘ boshlari xayoliy narsa kabi (arang ko‘zga) ilashdi. Dunyoning nafasi ilidi, daraxtlar gulladi, yilqilar uyur olishdi. Har xil gullar saf tortdi.


Qar, buz qamug‘ erishdi,
Tag‘lar suvi aqishdi,
Ko‘kshin bulut o‘rishdi,
Qayg‘uq bo‘lub egrishur.

Yozni ta’riflab yozadi: qor va muzlar hammasi eridi, toglarning suvi oqdi.Osmonda ko‘k bulutlar paydo bo‘ldi.Ular qayiqlar suvdan o‘ynaganiga o‘xshab suzishadi.


Qulon tugal qumutti,
arqar soqaq yumutti,
Yaylag‘ taba emitti,
Tizg‘ik torub sekrashur.
Bahorni ta’riflab yozadi:
Bahor qulon, kiyiklarni hayajonga soldi, tog‘ echki va kiyiklarni to‘pladi, ular yaylovlarga mayl qildilar.U yerlarda shodlikdan saf tortib, sakrashib o‘ynamoqdalar.

Shuni aytish lozimki, yuqoridagi kabi bahor,yoz ta’riflariga bag‘ishlangan, osmon va yulduzlar tasviriga qaratilgan, tabiat ne’matlarini ulug‘lovchi ko‘pgina she’rlarni biz “Devoni lug‘otit turk” asarida uchratishimiz mumkin. Bu Mahmud Koshg‘ariyning tabiatga alohida e’tibor qaratgani, tabiatdagi har qanday mayda detallardan ham olam-olam ma’no va mazmun yuzaga keltirganidan dalolat beradi.


Shunday ekan, Mahmud Koshg‘ariyning ijodkorlik salohiyatiga tahsin aytmay ilojimiz yo‘q.
"Devoni lug'otit turk"asarida axloqiy-talimiy mavzudagi badiiyat namunalari.

«Devonu lug‘otit turk»dagi badiiyat namunalarining aksariyati axloqiy-


ma’naviy mohiyatga ega. Ularda yoshlarni
keksalaming o'gitiga quloq tutishga chaqiriladi. Yuksak insoniy fazilatlar 
ulug‘lanadi.

Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p yurtlarda bo‘lib, ilm va ilmli kishini ulug‘lovchi 


she’riy parchalami ham to'plashga harakat qilgan. Asar matnida ularga 
keng o‘rin berilganligi fikrimizni quvvatlantiradi: 



Download 71.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling