Ikladim andin uzaq,
Emlagil emdi tuzaq.
Yashirin tuzoqni ko`rmay, mening oyog`im ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey seviklim, endi o`zing davola.
Yig‘lab uzu artadim,
Bag‘rim bashin qartadim,
Qachmish qutug‘ irtadim,
Yag‘mur ko‘ni qan sachar.
Shoir aytadiki:sevgilim orqasidan yig‘lab ishdan chiqa yozdim, bitib qolgan bag‘rim yarasini qaytadan tirnadim, ketgan baxtni qidirdim, ko‘zim yomg‘irday qon sochadi. Haqiqatdan hajr azobi oshiq uchun juda mashaqqatli bo‘lib, bu azobni yengish oshiqdan juda katta matonatni talab qiladi. Ishq yo‘li shunday uzoq va mashaqqatli yo‘lki, bu yo‘ldan faqat o‘ziga ishongan, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan insonlargina eson-omon chiqishi va yor vasliga musharraf bo‘lishi mumkin.
Biz “Devoni lug‘otit turk” asarida bu kabi ishq-muhabbat talqin qilingan she’rlarni juda ko‘plab uchratishimiz mumkin va ularning har biri katta e’tiborga molik she’rlardir , shu sabab bular Mahmud Koshg‘ariyning yetuk ijodkor ekanligidan dalolat beradi.
"Devoni lug'otit turk"asarida tabiat mavzudagi badiiyat namunalari.
“Devoni lug‘otit turk” asari keng qamrovli, mavzu jihatdan g‘oyat keng bo‘lib, o‘z ichiga turli mavzularni qamrab oladi.
Jumladan, tabiat tasviri “Devoni lug‘otit turk” asaridagi yetakchi mavzular sirasiga kiradi. Shoir so‘zlar lug‘atlarini keltirar ekan, ularga misol tariqasida she’rlar, maqollar ham keltiradi. Ana shu she’rlarda tabiat tasviri, yil fasllar almashinuviga bag‘ishlangan ko‘pgina she’rlarni uchratishimiz mumkin.
Masalan,quyida tabiat tasviriga bag‘ishlangan ayrim baytlardan namunalar keltiramiz:
Turlug chechak yarildi,
Barchin yazim kerildi,
Uchmaq yeri ko`ruldi,
Tumlug` yana kelgusuz.
Ma’nosi, bahorni ta’riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi (sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko`rildi. Sovuq hech qaytib kelmas darajada havo isidi.
Yuqoridagi baytda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tasvirlangan bo‘lib, bahorda atrof-muhit xuddi jannat yeri kabi go‘zal bo‘lib ketishi, turli chechaklar ochilib, atrofga yanada oro berishi tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |