Turkan qatun qutinga,
Tegur mendin qo‘shug‘,
Ayg‘il sizing tabug‘chi
O‘tnur yangi tabug‘ (1, 357)
Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) etkazgin, xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.2
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.
Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»da shakl jihatidangina emas, balki mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik xarakterdagi parchalar ham borki, barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning aks sadosini ko‘rishimiz mumkin.
«Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan yevropalik olimlar olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi.3 «Qutadg‘u bilig»ning she’r tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar aytilgan. Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi,
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi.
Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |