28
5-sinf darsligida bu mavzuga bag„ishlangan
topshiriq berilib, bu toshiriq
o„qituvchi rahbarligida o„quvchilarning mustaqil bajarishi buyurilgan.
Topshiriq. Quyida berilgan gap va birikmalarning qanday ma‟no
ifodalashini ayting. Unga mazmunan teng bo„lgan va uning o„rnida
almashtirish
mumkin bo„lgan so„zni topib ro„parasiga yozing.
Bu topshiriqni bajarishda sinfdagi har bir o„quvchining mustaqil fikri
so„raladi. O„quvchilar keltirilgan iboralarning ma‟nosini izohlab, unga teng kelgan
so„zlarni yoniga yozib qo„yadi. Topshiriqni bajartirish orqali o„quvchilarni chuqur
mushohada qilishga, ularning mustaqil fikrlashi va og„zaki nutqini rivojlantirishga
erishamiz. Topshiriqga qo„shimcha qilib keltirilgan iboralarning sinonimini topish
yoki ular ishtirokida gap tuzish vazifasi ham berilishi mumkin.
Og„zi qulog„iga
yetgan xursand
Oyog„ini qo„liga olib keldi tez kelmoq
Yog„ tushsa yalagudek nihoyatda top-toza.
Og„zi qulog„iga yetgan ─
behad sevinmoq, xursandligi tufayli lab-lunjini
yig„ishtirib ololmaslik. Kishilarning biron narsa yoki
voqea-hodisadan nihoyatda
xursandchiligini bildiradigan ruhiy holat hisoblanadi.
Bu ibora hursand so„ziga teng keladi.
Sinonimlari:
boshi ko„kka yetdi, terisiga sig„may ketdi.
Adiba bu xabarni eshitib, og„zi qulog„iga yetdi.
Oyog„ini qo„liga olib keldi ─ shunday ruhiy holatki o„ta xursand bo„ganda
yoki aksida masofani o„ta tez sur‟at bilan bosib kelmoq,
biron joyga tez kelmoq
ma‟nosini bildiradi.
Unga teng kelaydigan so„z – tez kelmoq.
G‟ulomjon kechikayotganligi sababli maktabga oyog„ini qo„liga olib, nafasi
bo„g„ziga tiqilgan holda yetib keldi.