O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi


Download 196 Kb.
bet2/46
Sana14.09.2023
Hajmi196 Kb.
#1677542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org

Xulosa 


3

KIRISH 



Mavzuning 


dolzarbligi. 
Mustaqillikka 
erishganimizdan
so„ng

Respublikamizda ta‟lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga


ko„tarish, yuksak ma‟naviyatli shaxslar tarbiyalashning yangi tizimini barpo etish, 
yurt kelajagi uchun barkamol, yetuk, salohiyati yuksak avlodni tarbiyalash davlat
siyosatining ustivor yo„nalishiga aylandi.
Bu borada, avvalo, ta‟lim jarayonida ta‟lim va tarbiya uyg„unligi tamoyilini
keng yo„lga qo„yib, yuksak ma‟naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash dolzarb 
masalalardan biri qilib belgilab qo„yildi. Zero, Yurtboshimiz aytganlaridek,
“Ta‟limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‟limdan ajratib bo„lmaydi – bu sharqona 
qarash, sharqona hayot falsafasi”.
1

Bugungi kunda O„zbekiston Respublikasining “Davlat tili to„g„risida”gi,


“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonunlari va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ”ga 
muvofiq yangilangan pedagogik tafakkur barcha fanlar oldiga yangicha talablarni
qo„ymoqda. Xususan, ona tili ta‟limining bosh maqsadi yoshlarimizni ijodiy 
fikrlashga, o„z fikrini erkin va ta‟sirli qilib yozma va og„zaki shaklda ifodalashga,
o„zbek tili qonun-qoidalarini ongli o„zlashtirishga hamda nazariy bilimlardan 
o„rinli va to„g„ri foydalana olish ko„nikmasini o„stirishga, fikr doirasini
kengaytirishga, Vatanimizga, milliy an‟analarimizga, boy ma‟naviyatimizga 
mehr- muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratildi.
Shu bilan birga ta‟lim mazmunining yangilanishida “o„quvchi o„quv 
jarayonining faol ishtirokchisi” tamoyiliga o„tildi. Dars jarayonining
samaradorligini oshirish, o„quvchilarning intellektual salohiyatini yanada 
rivojlantirib, ma‟naviy-tarbiyaviy jihatdan yetuk inson bo„lib yetishishida
zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanib, noan‟anaviy tarzda dars 
o„tish, shuningdek, o„quvchilarning grammatik savodxonligi, ijodiy fikrlash
qobiliyati, topqirligi, nutqi va fanga bo„lgan qiziqishini orttirish maqsadida turli 
xil o„yin-topshiriqlar, boshqotirma va topishmoqlardan foydalanib, dars jarayonini
1
Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – T. : Ma‟naviyat, 2008, 62-b. 


4
tashkil qilish zamon talablari darajasiga ko„tarilmoqda. Binobarin, Prezidentimiz 


ta‟kidlaganlaridek: “Fan – taraqqiyot demakdir. Fanni yuksak rivojlantirmay,


Vatannning kelajagi haqida gapirish qiyin”
2
. Yoki “Xalq ta‟limi, yosh avlodga 

ta‟lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab qiladi ”


3

Bu talablar asosida nutq o„stirish turadi. O„quvchilar nutqini o„stirishda


iboralar va tasviriy ifodalar asosiy vosita hisoblanadi. Ibora va tasviriy ifodalarni 
o„quvchilar nutqida o„rinli qo„llay olish malakalarini hosil qilish ishning
dolzarbligi sanaladi. 

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling