O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi
Mavzu bo„yicha e‟lon qilingan ilmiy va ilmiy-metodik ishlar tahlili
Download 196 Kb.
|
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org
Mavzu bo„yicha e‟lon qilingan ilmiy va ilmiy-metodik ishlar tahlili.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida oliy o„quv yurtlari talabalari uchun mo„ljallangan “Hozirgi o„zbek adabiy tili ” darsligi nazariy ko„rsatma vazifasini o„tadi. Tilimizning leksik boyligini tashkil etuvchi iboralar tilshunoslarning doimo diqqat e‟tiborida bo„lgan. O„zbek tilshunosligida bu sohada dastlabki ma‟lumotlarni prof. Sh. Rahmatullayev e‟lon qilgan. Iboralar murakkab til hodisasi sifatida ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topadi. Shu ma‟noda iboralarni amaliy va ilmiy o„rganish o„ziga xos yondashuvni, o„ziga xos metod va usulni taqozo etadi. O„zbek tilshunosligida iboralar grammatik, semantik, uslubiy yo„nalishda o„rganilgan. O„zbek tili iboralari dastlab prof. Sh. Rahmatullayevning ishlarida ilmiy tadqiq etilgan. U o„zining qator ilmiy tadqiqotlarida iboralarning til hodisalari bilan o„xshash va farqli xususiyatlari va grammatik tabiatini o„rgandi, ilk bor o„zbek frazemalarining izohli lug„atini tuzdi. Bu lug„atda iboralarning ma‟nosini izohlab bergan. Shuningdek, Sh.Almamatova “O„zbek tili frazemalarining komponent tahlili ” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan. Bu dissertatsiyada frazemalarning komponent tahlili, xususan, frazemalarning ifodaviy va mazmun jihatidan shaklantirishdagi komponentlarning o„rni, frazemalarning o„z va paradigmatik 2 Karimov I.A. Zamonaviy kadrlar – taraqqiyotimizning muhim omilidir // Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‟lida . 6-qism.- Toshkent: O‟zbekiston, 1998, 266-b 3 Karimov I.A. O‟zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‟zbekiston, 2011, 206- b. 5
asosiy maqsad qilgan. “Til va adabiyot ta‟limi ” jurnalining 2008-yil №5 sonida Toshkent shahridagi 34-maktab o„qituvchisi E‟tibor Muhammedovaning “Iboralar yuzasidan mashq va topshiriqlar” 4 nomli ilmiy-metodik maqolasi berilgan. Bu maqolada o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini o„stirishda iboralarni nutqda qo„llay olishning ahamiyati katta ekanligi ta‟kidlanib, o„quvchilarning bu mavzu bo„yicha olgan bilimlarini mustahkamlash va ulardan to„g„ri va o„rinli foydalana olish ko„nikmasini hosil qilish maqsadida bir nechta mashqlar tavsiya qilgan. Xuddi shu jurnalning 2010-yil №6 sonida esa Toshkent davlat pedagogika universiteti o„qituvchisi Muxtorxon Raximovning “Ma‟no ifodalashda frazeologik birliklardan foydalanishga o„rgatish” nomli ilmiy-metodik maqolasi e‟lon qilingan bo„lib, bu maqolada o„zbek tilidagi frazeologik birliklarning semantik tabiati yetarli darajada o„rganilmaganligi sababli, o„zbek tilidagi ma‟noni kuchaytiruvchi frazeologik birliklarning semantik tabiati, leksik qurshovi masalalari xususida fikr yuritadi. Sh.Sodiqova. “Turg„un birikmalarning deformatsiya va modernizatsiya qilinishi” mavzusidagi maqolasida iboralarning uslubiy imkoniyatlari, so„zlashuv va badiiy uslubga tegishli iboralarning o„ziga xos qo„llanishi, badiiy uslubga xos iboralarning zamon talabiga mos ravishda deformatsiya va modernizatsiya qilinishi masalalariga to„xtalib o„tgan. Shuningdek, Hamroqulova Mashhura “O„quvchilar nutqini o„stirishda frazemalarning ahamiyati ” mavzusida bitiruv malakaviy ish yozgan. Bu ishni yozishda nutq o„stiruvchi vositalardan foydalanish usullarini o„rganishni maqsad qilib olgan. Shuningdek, iboralarning so„z va so„z birikmalaridan farqi, nofaol iboralar, maktab darsligida iboralarning o„tish metodikasiga batafsil to„xtalgan. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling