O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi
Download 196 Kb.
|
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning vazifalari.
- Ishning amaliy ahamiyati.
Ishning maqsadi. Iboralar nutqning ko„rkidir. Shu maqsadda ishda nutq
o„stiruvchi vositalar, ulardan foydalanish usullarini o„rganish, iboralar va tasviriy 4 E. Muhammedova . Iboralar yuzasidan mashq va topshiriqlar. “Til va adabiyot ta‟limi ” jurnali. 2008-yil №5 6
maqsad qilib olindi. Shuningdek, bu mavzularni o„tishda ta‟limiy jihatdan bilim, ko„nikma va malaka hosil qilish bilan birga, o„quvchilarda insoniy fazilatlarni, xislatlarni yanada rivojlantirib, ularni ma‟naviy jihatdan ham yuksak shaxs qilib tarbiyalash muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ishning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishda nazarda tutilgan asosiy maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishiladi: ─ ibora, uning ko„p ma‟noliligi va iboralarning shakl va ma‟no munosabatiga ko„ra turlari haqida qisqacha ma‟lumot berish; ─ nutq o„stirish nima va nutq o„stirish metodikasiga to„xtalib o„tish; ─ o„quvchilar nutqini o„stirish va rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etuvchi nutq o„stiruvchi vositalarni tadqiq etish; ─ ibora va tasviriy ifodalarning o„quvchilarning nutqini o„stiruvchi asosiy vosita ekanligini tadqiq etish; ─ darslarda iboralarni o„tish orqali o„quvchilarning nutqida iboralardan o„rinli foydalanish, ularning ma‟nolarini to„g„ri izohlash ko„nikmalarini hosil qilish; ─ iboralarning qo„shma so„z va so„z birikmalaridan farqini aniq misollar vositasida izohlash; ─ bu mavzularni o„tishda har xil o„yin-topshiriqlar va bir qancha metodlardan foydalanib dars jarayonini tashkil qilish; ─ tasviriy ifodalarni o„tish orqali o„quvchilarning nutqini yanada jozibador va ta‟sirchanligini oshirish. Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi uzviylashtilgan Davlat dasturi asosida tayyorlanib, unda iboralar va tasviriy ifodalarning o„ziga xos xususiyatlari ham nazariy, ham amaliy jihatidan asoslanib, yangi pedagogik texnalogiyalar asosida o„tish yo„llari ishlab chiqildi. Bu mavzularni o„tish bo„yicha ko„rgazmali vositalar, slaydlar, o„yin-topshiriqlar tavsiya qilindi. 7
maktab tizimining leksikologiya bo„limini o„tishda qo„l keladi deb o„ylaymiz. Bu ayni paytda ishning amaliy ahamiyati hamdir. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob va qisqa xulosadan iborat. Bitiruv malakaviy ishidan o„rta maktab o„qituvchilari, o„zbek tili va adabiyoti yo„nalishini bitiruvchilari va umuman metodika bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling