O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi


-BOB. TASVIRIY IFODALAR O„QUVCHILAR NUTQINI


Download 196 Kb.
bet34/46
Sana14.09.2023
Hajmi196 Kb.
#1677542
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org

3-BOB. TASVIRIY IFODALAR O„QUVCHILAR NUTQINI 

O„STIRUVCHI VOSITA. 
Tasviriy ifodalar ham iboralar singari nutqimizni ta‟sirchan, jozibador va 

ifodali qiladigan birikmalar bo„lib, bular ham o„quvchilar nutqini o„stiruvchi


asosiy vositalardan biri sanaladi. 
Tasviriy ifoda ─ predmet, voqea va hodisani o„z nomi bilan emas, balki
muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi birikma hisoblanadi.
10

Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomidir. Masalan, oq 




oltin – paxta; oq oltin ijodkori – paxtakor ; kumush tola – pilla; zangori kema 

kapitani – mexanizator; o„rmon malikasi - archa; zangori olov – gaz; 
Tasviriy ifodalar ham xuddi iboralar singari tuzilishi jihatdan, ya‟ni birdan 
ortiq so„zdan tashkil topishi bilan so„z birikmasiga o„xshab ketadi. Lekin tasviriy
ifodalar nutq birligi sanalgan bunday birlikdan (so„z birikmasidan) tamoman farq 
qiladi va lug„aviy birlik sifatida ko„p jihatdan so„zlarga yaqin turadi. So„zlarga
xos bo„lgan xususiyatni o„zida mujassamlashtiradi. 
Shunday ekan, tasviriy ifodalar gapda bitta so„roqqa javob bo„lib, bitta
bo„lak vazifasida keladi va ular so„zlar kabi tilda tayyor holda bo„ladi. Bundan 
ko„rinib turibdiki, tasviriy ifodalar ham nutq hodisasi emas, balki til hodisasi
hisoblanadi. 
Tasviriy ifoda uslubiy vosita sifatida nutqqa ko„tarinkilik, obrazlilik baxsh
etadi, jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqib, lug„at tarkibini boyitadi. Nutq 
jarayonida takror va qaytariqdan qochish imkonini beradi, notiqni so„zamollikka,
tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifoda 
faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini kuchaytirish
uchungina emas, balki jamiyatning olg„a qadam qo„yishiga to„sqinlik qilayotgan 
10
Baxtiyor Mengliyev, O‟ral Xoliyorov. O‟zbek tilidan universal qo‟llanma. Toshkent. “Akademnashr” 2011. 87-

bet.



57


illatlarni fosh qilish, undan kulish va unga qarshi kurashishga chaqirish maqsadida
ham ishlatiladi.
Binobarin, tasviriy ifoda predmet, voqea-hodisaning o„z nomi orqali
yuzaga chiqmagan muhim xususiyatini tasvirlab, bo„rttirib, izohlab va to„ldirib 
ko„rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi.
So„z ma‟nosining kengayishi va ko„chgan holda qo„llanishi tilning, 
ayniqsa, lug„at tarkibining boyligini oshiruvchi omildan biridir. So„zni ko„chma
ma‟noda qo„llash – lug„at boyligini ko„rsatuvchi , uslub ravonligi, ifoda 
mazmundorligini ta‟minlovchi, obrazlilik yaratishga xizmat qiluvchi muhim
vosita. Tasviriy ifodalar ham nutqimizni jozibador qiluvchi ko„chma ma‟nodagi 
muhim vositalar hisoblanadi.
Tasviriy ifodalar ko„proq ot va sifat so„z turkumiga mansub bo„ladi. Ular, 
asosan, badiiy uslubda qo„llaniladi.
Ba‟zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi – matematika, 
shaxmat) yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda qo„llanishi (zangori ekran,
oynai jahon – televizor ) mumkin. 
So„z va iboralarda bo„lgani singari tasviriy ifodalarda ham omonimiya va
sinonimiya hodisalari mavjud. 
Agar tasviriy ifodalar bir xil so„zlardan tashkil topib, boshqa- boshqa
ma‟nolarni ham ifodalab kelsa omonim tasviriy ifodalar hisoblanadi. Masalan : 


Aql gimnastikasi – matematika, shaxmat, krasvord. 
Shakli har xil tasviriy ifodalarning ma‟no jihatdan bir xil bo„lishi sinonim 
tasviriy ifodalar deyiladi. Masalan:

Havo kemasi, po„lat qush – samolyot.
O„quvchilarga tasviriy ifodalar haqida ma‟lumot berganimizda, ular 
tasviriy ifodalar haqida tasavvurga ega bo„lib, yaxshi tushunishlari uchun tasviriy
ifoda qatnashgan gap va qatnashmagan gaplarni misol keltirib, ularni taqqoslash, 
ma‟nolarini izohlash orqali o„quvchilarga tushuntirsak maqsadga muvofiq bo„ladi.
Bu bilan o„quvchilar nutqi ham rivojlantiriladi. Masalan: 


58


Bu maydonlarga dala malikasi ekilgan. – Bu maydonlarga makkajo„xori 

ekilgan.
Bu misollarni keltirishimiz orqali o„quvchilar tasviriy ifodalar qatnashgan 
gaplar badiiyroq, ta‟sirchan va obrazli ekanini anglab yetishadi.
Tasviriy ifodalar 5-sinf darsligida maxsus mavzu sifatida kiritilgan bo„lib , 
uzviylashtirilgan dasturda bu mavzuga 1- soat vaqt ajratilgan.


Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling