O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi


Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o„xshatish orqali


Download 196 Kb.
bet36/46
Sana14.09.2023
Hajmi196 Kb.
#1677542
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org

Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o„xshatish orqali 

tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. 

Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi 

Ular asosan ot va sifat so„z turkumi doirasida bo„ladi va badiiy uslubga 

xosdir. 

Masalan: O„rmon podshosi – sher, dala malikasi – makkajo„xori;

Tasviriy ifodalar nutqimiz ta‟sirchanligini ta‟minlaydi. 


61


Yangi
mavzu

bayoni
berilgach, 


o„quvchilarning yangi nazariy
ma‟lumotlarini qanday o„zlashtirilganini sinash maqsadida ekranga bir qancha 
rasmlar va o„sha rasmlarga mos tasviriy ifodalar chalkashtirib keltiriladi.
O„quvchilar rasmlarga mos tasviriy ifodalarni topib, ularni izohlaydi. 
Yangi mavzuni o„quvchilarning qay darajada o„zlashtirganini qo„shimcha
savollar berish orqali ham tekshirib ko„ramiz. Agarda biror tushunmovchilik 
sezsak o„quvchilarga mavzuni qaytadan to„ldiramiz.
O„quvchilarning olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida 
darslikda berilgan mashqlarni bajartiramiz.
544-mashq. Quyidagi tasviriy ifodalarni daftaringizga ko„chirib yozing 


va ularga izoh bering.
Bu mashqni bajarishda o„quvchilarning mustaqil fikrlashi va og„zaki nutqini 
rivojlantirish maqsadida dastlab ulardan og„zaki so„raymiz, shuningdek, yozma
nutqini ham rivojlantirish maqsadida daftarlariga yozadi. 
Mo„yqalam sohibi ─
Salomatlik posbonlari ─
Charm qo„lqop ustasi ─
G‟azal mulkining sultoni ─
Hayotimiz qomusi ─
Mo„yqalam sohibi tasviriy ifodasiga ─ Mo„yqalam nima? Undan qachon va 
kimlar foydalanadi ? kabi savollar berishimiz mumkin.
O„quvchilar mo„yqalam rasm chizadigan asbob, undan rasm chizayotganda va 
rassomlar foydalanishini aytib, mo„yqalam sohibi rassom ekanligini topishadi.
Qolgan tasviriy ifodalarni ham savollar berish orqali qaysi so„zga teng 
kelishini topib, ma‟nosini izohlatamiz.
Mo„yqalam sohibi ─ rassom; 
Salomatlik posbonlari ─ shifokorlar;
Charm qo„lqop ustasi ─ bokschi; 
G‟azal mulkining sultoni ─ Alisher Navoiy;
Hayotimiz qomusi ─ konstitutsiya; 


62


Bu mashqni bajarish orqali o„quvchilar tasviriy ifodalar haqida yana
qo„shimcha ma‟lumotlar olib, savollar berish orqali tasviriy ifodalarni topish, 
ma‟nosini izohlash ko„nikmalarini o„zlarida shakllantiradilar.
O„quvchilarga 545-546- mashqlarni shartlari o„xshash bo„lganligi sababli 
birgalikda bajartirishimiz mumkin.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling