65
mustaqil izohlab daftarlariga yozish talab qilinadi. Bu bilan o„quvchilarning
og„zaki va yozma nutqlarini yanada rivojlantirishga erishamiz.
Kumush tola ─ ipak .
Kumush toladan bizning milliy matolarimiz tayyorlanadi.
O„rmon malikasi – archa .
Bolalar sayohatga borganingizda o„rmon malikasiga ziyon yetkazmang.
Aql gimnastikasi – matematika, shaxmat
Aql gimnastikasi fanlar ichida shohdir.
Oltin boshoq – bug„doy.
Bizning tumanimizda oltin boshoq yetishtiriladi.
Mashqni bajarib bo„lganimizdan so„ng
yangi mavzuni mustahkamlash
maqsadida o„quvchilarga “Aqliy hujum” metodidan foydalanib savol va
topshiriqlar bilan murojaat qilamiz.
Savollar umumiy tarzda beriladi.
1.Tasviriy ifoda nima?
2. Tasviriy ifodalarning nutqimizdagi ahamiyatini tushuntiring?
3. Tasviriy ifoda bilan u ifodalagan narsa va hodisa o„rtasida qanday o„xshashlik
borligini aniqlang?
4. Tasviriy ifodalar asosan qaysi so„z turkumlari doirasida bo„ladi?
5. Keltirilgan tasviriy ifodalarning birini tanlab, bog„li matn tuzing?
Salomatlik posbonlari, zangori olov, samo lochini, o„rmon podshosi.
Mustaqillik sharofati bilan qadimgi axloq-odob normalariga katta e‟tibor
berilmoqda, xususan, maktablarimizda bu masalaga jiddiy e‟tibor berish kerak. Bu
borada ona tili darslarining imkoniyati juda keng. Chunki har qanday pandnoma,
nasihatnoma,
rivoyatlar
grammatik
kategoriyaga
moslashtirilgan
holda
o„quvchilarga tushuntirilishi mumkin.
Biz yuqoridagi savollarga qo„shimcha ravishda quyidagi “Nasihatnoma”
matnini berish orqali o„quvchilarning tasviriy ifodalar
haqida yanada chuqurroq
66
ma‟lumot beramiz.
Ayni paytda, matn mazmunini eslatib ham qo„yamiz. Bu
matnni ishlashda “
Eslab qol” o„yinidan foydalanish ijobiy natija beradi. Matn
o„qituvchi tomonidan o„quvchilarga ifodali o„qib beriladi, o„quvchilar esa matnda
berilgan tasviriy ifodalarni topadilar. Shuningdek, bu o„yin orqali o„quvchilarning
xotirasini mustahkamlash maqsadida ham foydalanishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: