68
XULOSA
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va
boshqa ta‟lim tizimiga oid hujjatlar ta‟lim mazmunini keskin o„zgartirdi.
Natijada o„zbek tilining o„ziga
xos jozibasini, go„zalligini, ta‟sirchanligini
ko„rsatishni maktab partasidan boshlash va uzluksiz davom ettirish
vazifasini yukladi. Ana shu nuqtaiy nazardan
yondoshilganda har bir til
xodisasiga, xususan, iboralar va tasviriy ifodalarga a‟lohida e‟tibor
qaratishni taqoza qilmoqda. Iboralar va tasviriy ifodalarni o„tish orqali
o„quvchilar nutqini oshirish mavzusi bo„yicha
tayyorlangan BMI ga
quyidagicha qisqacha xulosa qilish mumkin.
1.
BMI ning kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
maqsad va
vazifalari, amaliy ahamiyati haqida batafsil to„xtaldi. Shuningdek, bu mavzu
bo„yicha e‟lon qilingan ilmiy va ilmiy metodik ishlar haqida ham qisqacha
ma‟lumot berildi.
2.
BMI ning birinchi bobi “
Iboralar haqida qisqacha ma‟lumot”
deb nomlanadi. Bu bobda ibora, iboralarning ko„p ma‟noligi, ularning shakl
va ma‟no munosabatiga ko„ra turlari haqida nazariy ma‟lumot berilib,
misollar asosida tahlil qilindi. Shuningdek iboralarning uslubiy hususiyatlari
haqida ham qisqacha ma‟lumot berish natijasida,
ularning badiiy va
so„zlashuv uslubida ko„proq qo„llanishiga amin bo„ldik.
Iboralar
yuzasidan nazariy ma‟lumotni o„rganish shuni
ko„rsatadiki, hamma iboralarni ham maktab darsligiga yoki o„quvchilarga
havola qilish mumkin emas. Ulardan qaysilarini o„quvchilarga yetkazdirish,
qaysilarini umumiy, nazariy ma‟lumot sifatida
saqlab qolish masalalari
ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: