O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi
Download 196 Kb.
|
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org
Nasihatnoma
Bir ish bilan boshqa yerga ketib, u yerda bir necha vaqt turib qolgan bir ota o„z o„g„liga shu nasihatomuz maktubni yo„llaydi: “Sevikli o„g„lim! Vijdonning lavhasini insof, adolat gavhari birlan bezat, chunki insof, adolat insoniyat olamining porloq quyoshidir. Bu quyoshdan fayz olgan odamlar baxtiyordirlar. Belimning quvvati, o„g„lim! Qalbing oynasini yoshlik g„ururi birlan nurposh et, xoinlik, g„arazlik kabi behuda be‟maniliklar chang-g„ubori ila xira qilma. Agar shunday be‟maniliklarni qilsang, insoniy vazifangni suiiste‟mol qilgan bo„lasan va jamiyat qoshida mas‟uldirsan. Ko„zimning nuri! Davlat va xalq qoshida izzatli va obro„li bo„lishni istasang, jamiyat tomonidan senga berilgan vazifani chin ixlos bilan bajarg„il, vazifashunos bo„lg„il. Vazifasini tanimagan, ado qilmagan odamlar sharmanda, sharmisor va nafratga sazovardirlar. Ko„zimning qorachig„i! Senga jonidan ham ortiq muhabbati bo„lgan otangning rizosi va qalbining xush bo„lishi sening zulm, jabr va adolatsizlikdan saqlanishing bilan hosil bo„lg„ay. Angla, o„g„lim, jabr, zulm, adolatsizlik yashinga o„xshash bo„lib, tushgan joylarini yangidan ta‟mir qilish mumkin bo„lmagan darajada yoqib, yondirib, parishon qiladir. Sening asl zotingda bo„lgan poklik, oliyjanoblik o„tkir zaharli yaramas hislarga yo„l qo„ymaydi, deb ishonaman. Doimo, adolatli, muloyim, tavozeli, shavqatli bo„l. 67
Hayotim sarmoyasi! Shu kunlarda o„z tengdoshlaring bilan urishib, ba‟zi vaqtda hatto yoqalashganingni eshitib, ko„nglim parishon bo„ldi. Bilaman, sen arslon kabi kuch-quvvatga ega bo„lgan yigitsan. Qahramonlik faqat kuch-quvvatni iste‟mol qilishda emas qahru-g„azabni yutishdadir. Jon o„g„lim, qahru g„azabli bo„lma, muloyim, shavqatli va marhamatli bo„l. Go„zal hislatlaring bilangina hammani o„zingga rom aylaysan, senga ozor berganlarni xushmuomalang bilan uyaltirasan. Senga uzoq umr, baxt-saodat tilab, so„zimni tamom qilaman, aziz o„g„lim ”. ( “Donolar o„giti” kitobi) Bu matnda belimning quvvati, ko„zimning nuri, ko„zimning qorachig„i, hayotim sarmoyasi kabi tasviriy ifodalar qatnashgan bo„lib, hammasining ma‟nosi farzand so„ziga teng keladi. Darsni mustahkamlab bo„lgach, darsda faol qatnashgan o„quvchilar baholanadi. Keyin 548-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling