O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi


Tarqatma materiallar bilan ishlash


Download 196 Kb.
bet32/46
Sana14.09.2023
Hajmi196 Kb.
#1677542
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org

Tarqatma materiallar bilan ishlash. 

Bunda ko„zda tutiladigan maqsad mavzu bo„yicha (yuzasidan) o„quvchilar 


bilimlarini aniqlash, nutq malakalarini tekshirish, tafakkurlarini o„stirish, o„z
fikrlarini dalillar asosida bayon qila olish ko„nikmalari darajasini aniqlashdir.
1 ─ kartochka


Boshi osmonga yetdi, og„zi ochilib qoldi, tepa sochi tikka bo„ldi .
Bu iboralariga teng kelgan so„zlarni toping va ularning ma‟nosini izohlang 
2 – kartochka. 


Qo„li egri, qo„lqop, qo„lidan ushlamoq. 
Keltirilgan birliklarni so„z birkmasi, ibora va qo„shma so„zlarga ajrating va 
ularni izohlang.


3 – kartochka.


Yerga urmoq, ichi qora, turqi sovuq. 



52


Keltirildan iboralarga antonim bo„lgan iboralar toping va ularni taqqoslang.
4 – kartochka.


Tuyaning dumi yerga yetganda qarzini to„laydi. 

Berdisini aytguncha jim tur. 
Ushbu gaplardagi iboralarni ajratib, ma‟nosini izohlang. 
5 – kartochka


Xamirdan qil sug„irmoq, ichini mushuk talamoq.
Keltirilgan iboralarning sinonimlarini toping va ularning ma‟nosini izohlang. 
6 – kartochka.

Iboralarning qo„shma so„zlardan farqini misollar asosida tushuntiring, keltirilgan


misollarning ma‟nosini izohlang. 
7 – kartochka.


Shovqin qilmoq, vafot etmoq, hurmat qilmoq so„zlariga teng kelgan iboralarni
toping.
8 – kartochka.

Ko„zi to„rt bo„lmoq, tarvuzi qo„ltig„idan tushdi, tullkiday ayyor.
Keltirilgan iboralar ishtirokida gaplar tuzing. 
Shuningdek o„quvchilarning nutqiy ko„nikmalarini o„stirishda “Suratli 


kartochka” o„yinidan ham foydalanishimiz mumkin Bu o„yinda sinf uch guruhga
ajratilib, ularga suratli kartochka tarqatiladi. Sinf taxtasiga esa o„sha suratlarga 
mos keladigan iboralar yozib qo„yiladi.O„quvchilkar kartochkalarda berilgan
suratlarga qarab sinf taxtasida keltirilgan iboralarning mosini topib, ularning 
ma‟nosini izohlaydi va shu iboralar ishtirokida bog„li matn tuzishadi.
Tez va to„g„ri bajargan guruh g„olib sanaladi va g„olib guruh rag„batlantiriladi 


53

Bunday tarqatma materiallar bilan mustahkamlash yoki qaytarish darslarida 
ishlash maqsadga muvofiqdir. Bu kabi tarqatma materiallar nazariy bilimlarni
mustahkamlash, amaliy ishlarni qiziqarli tashkil qilish, vaqtni tejash, ayniqsa, 
bo„sh o„zlashtiruvchi o„quvchilar bilan ishlash imkonini beradi. Shuningdek,
kartochkalarda tarqoq ravishda berilgan so„zlardan gap tuzish so„z va iboralarni 
joyiga qo„yib, to„g„ri qo„llay bilish, ularning leksik – stilistik(uslubiy)
xususiyatlarini bilgan holda sinonimik variantlari bilan almashtirish kabi 
topshiriqlar ham berish mumkin..
Bunday kartochkalarni o„qitivchi har qanday mavzuga mos holda tuzish 
mumkin.Shuni ham e‟tiborga olish zarurki, biz tavsiya qilayotgan kartochkalar
keyingi mavzularga asos, zamin bo„lmog„i kerak. Tayyorlanayotgan kartochkalar, 
albatta, bolalarning yosh xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda bo„lishi zarur.



Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling