O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi
Download 196 Kb.
|
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-topshiriq.
Iboralar: boshidan oshib yotibdi, yer bilan yakson qilmoq, suvga oqizmoq, belni
mahkam bog„lamoq, miridan –sirigacha. 9 – topshiriq. To„rtliklarni o„qing. Iboralarni topib,uslubiy hususiyatlarini tushuntiring. 1. Bilaman, ta‟rifing so„zga sig„maydi, Go„zallik haqida gap sotmoq bekor. Dildagi husndan andoza olgan ─ Go„zalliging qalbni etadi takror. 2. Yurak og„rir, sezdirmaydi til, 50
Jism mag„rur, bo„zlaydi ko„ngil Bu keng dilga sig„olmaydi qil Men kutgan kun, sen kelmagan kun. 3. Bir kun ko„zlarimdan qochdi uyqular, Bir kun yuragini ochdi tuyg„ular… Men seni esladim entikib, yonib, Men seni izladim baridan tonib. Sen ilk muhabbatim, vafoli yorim, Sensiz qo„shig„imni aytolmadim men. 4. Yangi tong, do„stginam, boshlanmay turib, Ushbu tun bag„riga birpas tut quloq. Bu tunning bag„rida g„ofil bo„linmas, Bu tunning bag„rida baxting bor oppoq. Bu topshiriqni o„quvchilarga og„zaki bajartiramiz. Ular to„rtliklarda keltirilgan iboralarni topib, uslubiy xususiyatlarini tushuntiradi. Birinchi to„rtlikda quyidagi iboralar qatnashgan: so„zga sig„maydi – beqiyos, gap sotmoq – sergap leksemasi ifodalagan ma‟noga teng. So„zga sig„maydi badiiy uslubga xos, gap sotmoq esa ko„proq og„zaki nutqda ishlatiladi. Ular ko„chma ma‟noda qo„llanadi. Ikkinchi to„rtlikda esa bo„zlaydi ko„ngil, bu keng dilga sig„olmaydi qil iboralari qatnashga bo„lib, ikkilasi ham badiiy uslubga xos. Bu keng dilga sig„olmaydi qil - iborasi ruhan ezilib, hech narsa yoqmaslik ma‟nolarini bildiradi. Uchinchi to„rtlikda ko„zlarimdan qochdi uyqular, yuragini ochdi tuyg„ular iboralari qatnashgan, ular badiiy uslubga xos. To„rtinchi to„rtlikda tun bag„ri, tut quloq iborasi qatnashgan bo„lib, ular ham badiiy uslubga tegishlidir. 51
10-topshiriq. Quyidagi keltirilgan iboralarning qaysi so„z turkumiga tegishli ekanligi ayting. Yerga urmoq, qo„li egri, ichi qora, pixini yorgan, terisiga sig„may ketdi, yer bilan yakson qilmoq, ko„zi ilindi, bag„ri tosh, tili bir qarich, bag„ri to„ldi, oq- qorani tanidi Yerga urmoq, terisiga sig„may ketdi, yer bilan yakson qilmoq, ko„zi ilindi, bag„ri to„ldi, oq-qorani tanidi – bu iboralar fe‟l so„z turkumiga tegishli; Qo„li egri, ichi qora, pixini yorgan, bag„ri tosh, tili bir qarich – kabilari esa sifat so„z turkumiga tegishli hisoblanadi. Bu topshiriqni bajarishda o„quvchilar iboralarga savol berish orqali ularning qaysi so„z turkumiga tegishli ekanligini aniqlashadi. Topshiriqni bajartirish orqali o„quvchilarda sintaksis bo„limiga oid bilimlar hosil qilishga poydevor yaratamiz. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling