O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘ta-21. 2 Guruhi talabasi sultonova diloromning
Kirish Mavzuning dolzarbligi
Download 184 Kb.
|
Jannatga Yol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik sharofati tufayli so’nggi yillarda milliy qadriyatlarimizga munosabat tubdan o’zgardi. Islom dining insonparvarlik xususiyatlarini ulug’lash va o’rganishga e’tibor kuchaydi. Hayotdagi bu o’zgarish Abdulla Oripov ijodida ham o’z aksini topdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy an’analarini davom ettirish hikmatomuz hodisalar talqinida yozilgan qator she’rlarning lirik qahramonlarning misolida yigirmanchi asr oxiridagi o’zbek she’riyatida aks ettirilgan qahramonlar olami yanada boyidi. Shoirning dostonlari ham adabiyotimizda voqea bo’lgan asarlar sirasiga kiradi.Shu o’rinda, “Jannatga yo’l” dramatik dostoni Abdulla Oripov ijodida ayniqsa ,ahamiyatlidir. Ushbu dramatik doston turg’unlik davri eng avj olgan pallalarda juda kata qiyinchiliklar bilan dunyo yuzini ko’rdi. “Jannatga yo’l” dramatik dostoni davrning badiiy-estetik mohiyati tag zaminli ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishdan turib puxta tahlil etilganligi, yuksak badiiy pafosi bilan o’zbek dostonchiligida muhim yutuq bo’ldi. Shunday ekan ushbu dramatik dostonni keng ko’lamda o’rgana bilish judda katta yutuq demakdir. Dramatik dostondagi falsafiylik va badiiylik to’g’risida esa alohida to’xtalish joiz. Shoir falsafiylik va badiiylikdan keng ko’lamda foydalanadi va bu doston mazmunini va serqirraligini yanada yuksaltiradi.Umuman, Abdulla Oripovning din va falsafaga doir qarashlarining o’zi mustаqil tаdqiqоtgа munоsibdir. Zеrо, shоirning yaхlit pоetik fаlsаfаsidа, dunyoqаrаshidа bu mаsаlа аyrichа o’rin tutаdi.Diniy tаfаkkurni shоirning o’zi «chеksizlik ilmi» dеb аtаydi vа mаrksizmning eng kаttа хаtоlаridаn biri shu chеksizlik ilmigа qаrshi kurаsh оlib bоrgаnligidа, uni nаinki chеklаmоqchi, хаttо haqоrаt etmоqchi bo’lgаnligidа ko’rаdi. Chеksizlik ilmigа qаrshi kurаshish, shоir fikrichа, «ахlоq qаsrini vаyrоn» qilishgа оlib kеldi. Kurs ishining maqsadi. Kurs ishidagi asosiy maqsad-Abdulla Oripovning “Jannatga yo’l” dramatik dostonidagi falsafiylik va badiiylik masalalarini o’rganishdir. Bu borada atroflicha o’rganilgan va to’plangan ma’lumotlar asosida yanada kengroq xulosalarga ega bo’lish. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling