O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘ta-21. 2 Guruhi talabasi sultonova diloromning


II BOB Abdulla Oripovning “Jannatga yo’l” dramatik dostoni


Download 184 Kb.
bet7/10
Sana18.01.2023
Hajmi184 Kb.
#1099241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jannatga Yol

II BOB Abdulla Oripovning “Jannatga yo’l” dramatik dostoni
2.1 “Jannatga yo’l” dramatik dostoni va undagi badiiylik
Asar nazm va dramaturgiyaning yetakchi xususiyatlarini o'zida istifoda etgan dramatik doston janriga mansub.
Afsonaviy-mifologikva fantastik mavzu asosida yaratilgan asardagi voqea-hodisalar «narigi dunyo”da sodir bo'ladi. Lekin bu yozuvchi qo'llagan bir usul ekanini unutmaslik kerak. Aslida mifologik libosda realistik maqsad harakat qiladi, ya'ni adib afsonaviy naql vositalari orqali biz yashab turgan shu dunyo muammolarini talqin etadi. Komil inson, ezgulik, yomonlik, oxirat singari qadriyatlarning azaliy mezonlari jonli timsollar —jonli obrazlar orqali ko'rsatiladi. Muallif maqsadlarini ifodalovchi ramziy ma'no asar nomiga jo qilingan. Inson tasavvuridagi oliy ideal, oliy xilqat jannat ekan, bu joyga eltuvchi yo'l, shoir talqini va tasviricha, siz bilan biz yashayotgan shu tiriklik dunyosidagi ezgulik, mehr-muruvvat, diyonatda; ota-ona, yaqinlar, umuman, odamlar oldidagi ularning har biriga munosib qarzni uzish va burchni ado etishda, Alloh oldidagi qarz, avvalambor, uning bandasi oldida uzilmog'i kerak. U dunyoning ochqichi shu dunyoda. Tiriklik dunyosidagi qilmishlar, nojo'ya ishlar uchun bu yorug olamda tegishli ajr olishga ulgurilmasada, oxiratda u oqizmay-tomizmay olinishi, shubhasizdir.
Bu g'oya dostonda Yigit, Ona, Ota, Do'st singari obrazlar orqali ochilib boradi. Asar asosida muhim bir badiiy konsepsiya yotadi; ezgulik faqat imkon borida yoxud imkon boricha ro'yobga chiqariladigan xohish emas. Ezgulik insonda albatta amalga oshirilishi zarur ehtiyoj bo'lmog'i kerak. A, Oripov ezgulikni bu dunyoda yashab o'lib, u dunyoga tushgan qahramonlar timsolida ana shunday talqin etadi. Mezon tarozusida gunoh va savoblar o'lchanar ekan, hayotda qilgan ezguliklar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Nainki yomonlik, balki hatto yomonlarga befarqlik, do'st u yoqda tursin, bcgonani hasadgo'ylardan himoya qilish o'rniga, o'z tinchligini ko'zlab, dumini quruqqa olib qochishdagi nomardlik shoirning komil ishonchiga ko'ra, ko'zga ko'rinmaydigan insofsizlikdir. Shuning uchun bu dunyoda silliqqina, kamtargina yurgan dostonning ayrim qahramonlari u dunyoda munosib jazosini olayotgan kishilar sifatida tasvirlanadi.Ezgu ishlarni amalga oshirish va yomonlikka ayovsizlik asarda inson burchini belgilaydigan ikki asosiy omil sifatida belgilanadi. Bu hol Yigitning Tarozibon bilan suhbatida, Ota bilan Yigit dardlashuvida, Ona monologlarida, Do'st va Yigit muloqotida yaqqol ochilib boradi,
Yaxshi amallarning inson qismatidagi o'rnini tasvirlashga adib katta kuch sarflaydi va buni go'zal obrazli vositalarda ishonarli. dalillab beradi. Ota-ona hurmati ulug'langan sahnalarda bu masala yanada teran aks etadi, Chunonchi, hayotlik dunyostda ota-onani behurmat qilish u yoqda tursin, xato qilib bir bor sensiragarni uchun yetti marta hajga borgan kishi jannatga noil bo'lolmay qoladi.
"Jannatga yo'l" (1978 y.) turg'unlik davri eng avj olgan pallalarda juda katta qiyinchiliklar bilan dunyo yuzini ko'rdi. Asar bosilib chiqqandan keyin ham unga otilgan malomat toshlari to'xtamadi. Shoir "sovet voqeligini" buzib tasvirlashda ayblandi. Markazqo'mning, shaxsan uning birinchi kotibining topshirig'iga muvofiq tuzilgan nufuzli komissiyaning ijobiy xulosasigina asarga qarshi qaratilgan hujumlar payini bir darajada qirqandek bo'ldi. Aslida, bugungi kun nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, diniy mifologik, xayoliy-fantastik shakllardan foydalanib bitilgan ushbu dostonda chindan ham "sovet voqeligi buzib ko'rsatilganligi" ayon bo'ladi. Bu "buzib ko'rsatish" eng adolatli, eng batartib tuzum deb ayyuhannos solingan jamiyatning butun norasoliklari, insoniyatning eng ilg'or, eng taraqqiy topgan qismi deb jar solingan sovet xalqi yashagan muhitning illatlari ro'yi-rost ochib tashlanishida namoyon bo'ladi. Voqealar toshqin payti daryoga cho'kkan qizaloqni qutqarmoqchi bo'lib o'zi halok bo'lgan Yigit narigi dunyoda Tarozibonga ro'para bo'lishidan boshlanadi. Hisob-kitobdan keyin Yigitning jannatga kirishi uchun ikki paysa savob yetishmasligi ayon bo'ladi. Tarozibon buning sababini Yigitga quyidagicha izohlaydi:

Sen shoirsan, senga Olloh yorug' nur berdi,
Otash berdi, zabon berdi, ham ulug' yurak.
Timsolingda bechoralar o'z dardin ko'rdi,
Baxtin ko'rdi, shodliklarni ko'rganlar beshak...
Ilohiy dil bergan edi senga xudoyim,
Quloq sol deb sho'rliklarning ohi-vohiga.
Sen-chi, samo shu'lasini kuylading doim,
She'rlar bitding yulduzlarga, gulga, ohuga.

Yigitning arosatga noil bo'lishiga uning "bu dunyoda" shoir bo'lganligi, faqat gullar va bulbullarni kuylab, yovuzlikni ko'rganda o'zini chetga tortganligi, ularga qarshi kurashmaganligi sabab bo'lgan ekan. Tarozibonning "siylovi" bilan Yigit arosat yalangliklari, jannat va do'zax ostonalarida Onasi, Otasi, Do'sti va boshqalar bilan uchrashadi, Ig'vogar va Hasadgo'yga duch keladi, keksa va yoshning janjali ustidan chiqadi va "nomukammal zaminda"gi o'z gunohlarini - o'g'ri, qazzob, poraxo'r, ig'vogar, hasadgo'y, nokas, tilyog'lama, shayton yo'ldan urgan, ruhi majruh kimsalarga qarshi kurashmay, bunday illatlarning urchishiga, odamzodning yo'ldan ozishiga ulush qo'shganligini to'laroq anglay boshlaydi. Ezgulikning yo'li to'sib qo'yilganligidan:
Yer yuzida janglar kechdi qattiq, qatag'on, Onalarning diydasidan oqdi qonli yosh.
Voqealarni yoritishning go'yo "narigi dunyo"da kechayotgandek usuli tanlanishi o'zi yashab turgan hayotning real manzalarini chizish, barcha qabohatlar ildizini ko'rsatib berish, davr va tuzum haqidagi o'zini chuqur o'ylantirigan, tashvishlantirgan fikrlarni obrazli tarzda ifodalab berish imkonini bergan. Quyidagi misralar bir zaminda, bir osmon ostida umrguzaronlik qilib, murosa yo'lini topolmayotgan, bir-birini yeb tashlash qasdida yashayotgan insoniyat qavmiga qaratilgan malomat toshidek yangraydi, uni ogohlikka, vaqt borida esini yig'ishtirib olishga, ma'naviyatni asrashga chaqiradi:
Inson zoti, sening nedan kaming bor edi?
Senga 
tangri bergandi-ku tafakkur, imon.
Zamin, havo, - bari senda barqaror edi,
Nechun dildan insof hissin aylading gumdon?
Axir sen it emasding-ku, belanib loyga
Bir-biringni g'ajisang to suyak talashib.
Samimiyat qayda edi, tafakkur qayda.
Lug'atingda gar bu so'zlar yotdi qalashib,
Hasad, ig'vo qaydan kirdi sho'rlik kallangga,
Qaydan seni chulg'ab oldi xudbinlik, kufr.

"Jannatga yo'l" dramatik dostoni davrning badiiy-estetik mohiyati tag zaminli ijtimoiy-g'oyaviy yo'nalishdan turib puxta tahlil etilganligi, yuksak badiiy pafosi bilan o'zbek dostonchiligida muhim yutuq bo'ldi.
Abdulla Oripovning o’zi bu dramatik doston haqida quyidagicha fikrlarni bayon qiladi:
— Nega bu asar haqida savol berdingiz, ukam? Yarani tirnadingiz. Afsuski, ushbu yarani ochganlar hanuzgacha tirikdirlar.
“Jannatga yo‘l” “Mushtum” jurnalida e’lon qilina boshlandi. O‘shanda, hatto shunday bo‘ldiki, maxsus odamlar Do‘rmonda — ijod uyida qo‘lyozmani yo‘qotib yuborishdi ham.
Yoshlik ekan, xotiram kuchli edi, o‘n minglab baytni yod bilar edim. Jumladan, yo‘qolgan dostonning har bir so‘zini jurnal uchun qayta boshdan tiklab berdim. Shu o‘rinda uni e’lon qilishda mardonavorlik ko‘rsatgan Sa’dulla Siyoevga rahmat aytishga burchliman.
Qarangki, doston bosilib bo‘lgach, yo‘qolgan qo‘lyozmani maxsus idora xodimlari iltifotsizlik bilan bo‘lsa-da, o‘zimga qaytarib berishdi. Tomosha keyin boshlandi: yigirmaga yaqin mashhur-nomashhur shoirlar Sharof Rashidov nomiga bir quloch xat yozib, “Nega “Jannatga yo‘l” singari zararkunanda asar bosib chiqarildi? Bu dramada narigi dunyo bahonasi bilan bugungi kunimizga tuhmat toshlari otilgan. Uni yozganni-ku darhol hibsga olish kerak, lekin bosib chiqarganni ham tartibga chaqirib qo‘yish shart”, deyishgan.
Menga ma’lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov bu masala bilan shug‘ullangan va asarni taqrizga berishni tavsiya etgan. Taqrizchilar quyidagilar bo‘lib chiqdi: Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod Sharafiddinov, Mahkam Mahmudov, Mixli Safarov. Ularning fikri ijobiy holda edi…
Bir marta og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deganlaridek, ushbu asarni sahnalashtirish niyatida qo‘lga olgan Hamza nomli akademik drama teatridagi o‘rtoqlar ham o‘yga tolib qolishdi, nihoyat uni sahnaga qo‘yishdan bosh tortishdi. Shu o‘rinda kishiga alam qiladigan bitta nuqtani aytib o‘tay: marhuma onamiz Sora Eshonto‘raeva shu asardagi Ona rolini qiyomiga yetkazib tayyorlagan edilar…
Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinar deganlaridek, asar atrofidagi gap-so‘zlar bois barcha ishlar taqa-taq to‘xtadi. Shu sharoitda ham, aytish kerakki, atoqli noshir Islom Shog‘ulomov mardlik qildi — “Jannatga yo‘l”ni “Mushtum” kutubxonasi muhri bilan alohida kitobcha holida nashr etdi.
Keyinchalik iste’dodli rejissyor Hamid Qahramonov “Jannatga yo‘l”ni O‘sh davlat teatrida sahnalashtirdi. So‘ng asar Qashqadaryo viloyat teatri sahnasida qo‘yildi. O‘sha kezlar viloyat rahbari bo‘lgan Prezidentimiz Islom Karimov men bilan yonma-yon o‘tirib, asarni tomosha qilganlar.
Uka, bular ham axir tarix-ku! Ko‘zim ochiqligida bu gaplarni aytamasam, kim sizga guvohlik beradi?
“Jannatga yo‘l” rus tiliga ham o‘girilgan va nashr etilgan.
М: «Yoshlik» jurnali, 1992 yil, iyul-avgust soni.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling