O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘ta-21. 2 Guruhi talabasi sultonova diloromning


“Jannatga yo’l” dramatik dostonidagi obrazlar tahlili


Download 184 Kb.
bet8/10
Sana18.01.2023
Hajmi184 Kb.
#1099241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jannatga Yol

2.2 “Jannatga yo’l” dramatik dostonidagi obrazlar tahlili
A.Oripovning “Jannatga yo’l” dramatik dostoni ham ramzlardan iborat. Dostondagi Yigit, Ona, Ota, Tarozibon, Yugurdak, Chol, Hur qiz, Farishta, Do’st va boshqalar sof simvolik obrazlardir. Dostonda zikr etilgan Jannat, Do’zax, Arosat ham ramziy ma’noda ishlatilgan. Dostonda tasvir etilgan voqealar ham shartli: voqealar narigi dunyoda yuz beradi, bosh qahramon – shoir Yigit Mahshar sahrosiga Tarozibon bilan uchrashadi. Tarozibon marhumlarning savob-
gunohlarini hisobga olib, birini jannatga, birini do’zaxga, birini do’zaxga, birini arosatga yo’llamoqda. Hatto yetti bor haj qilgan mo’ysafidni (otasini sansiraganligi uchun – gunohi uchun) do’zaxga yo’llaydi. Tarozibon shoir Yigitning ham gunohisavoblarini hisoblaydi – jannatga kirishga ikki paysagina yetmaydi – uni arosatga yo’llaydi. Shoir hayotni bo’yab-bejab tasvirlaganlikda ayblanadi. Tarozibon shunday deydi:
Ilohiy dil bergan edi senga xudoyim,
Quloq sol deb sho’rliklarning ohi-zoriga.
Sen-chi, samo shu’lasini kuylading doim,
She’rlar bitding yulduzlarga, gulgu, ohuga.
Yigit Arosat yalangligida yolg’iz kezar ekan, u dastlab go’rkov cholga, sal keyinroq marhum otasining arvohiga duch keladi – otasi bilan diydor ko’rishadi, jannati ota o’g’liga yetishmagan ikki paysa savobni bermoqchi bo’ladi, ammo o’g’il uni rad qiladi. Dostonning uchunchi ko’rinishida Yigit jannat qasrida onasi diydoriga musharraf bo’ladi; to’rtinchi ko’rinishida voqealar Do’zax darvozasi oldida yuz beradi: shoir yigit o’spirin bilan qariya janjaliga duch keladi, ig’vogar kimsa bilan to’qnashadi va, nihoyat, do’st bilan uchrashadi. Beshinchi ko’rinishda do’zax qopqasi oldida Do’st bilan Yigit bahsi beriladi. Ma’lum bo’lishicha, Yigit odamlarga ishonuvchanlik qilib xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, Do’st aksincha odamlarga ishonchsizlik oqibatida gunohga qoladi. Nihoyat, Yigit shunday xulosaga keladi:
Yanglishibmiz ikkimiz ham nozik narsada, Chunki inson o’z nomi-la Hazrati inson.
Do’st :Men yovuzlik qurboniman, qalbimda alam”- deb hisoblasa,
Yigit: Ne-ne zotlar gar o’zlari topsa ham to’zim
Odamzodga ko’rmaganlar yomonlik ravo. Ezgulikning yo’li og’ir, serg’alva garchand,
Yuksaklarga ko’taradi sohibni biroq.
Simvol nasrda ham, sahna asarlarida ham, ayniqsa bolalar adabiyotida tez-tez uchrab turadi. Ammo u she’riyatda favqulodda ahamiyat kasb etadi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling