O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet13/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1.Alisher qaysi shaharlardagi madrasalarda o’qidi?
2.Navoiyning yoshlik va yigitlik yillari qaysi shaharda kechgan?
3.Navoiyning Samarqanddagi ustozi va homiysi kimlar edi?
4.”Navoiy Samarqandda” kitobining muallifi kim?
5.Qaysi kitoblarda Navoiyga Ahmad Xojibek murabbiyligi qayd etilgan?
3- asosiy masala: Navoiy – muxrdor va vazir.Mukarrabi sulton.


O’qituvchining maqsadi: Alisher Navoiyni buyuk davlat arbobi siymosi sifatida talqin etish orqali, o’quvchilarni el va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.


Identiv o’quv maqsadlari:
1.Alisher Navoiyni davlat va jamoat arbobi sifatida tasavvur etadi.
2.Shohning vaziri yoki ishongan ustunining ela va vatan uchun nechog’lik xizmat qila olishi mumkinligini Alisher Navoiy hayoti misolida idrok etadi.
3.Amaldorning el xizmatiga nechog’lik yarashi mumkinligi namunasini ko’radi, o’rganadi, ichonch hosil qiladi.
4.Navoiy faoliyati misolida shaxsiy do’stlik, ustoz-u shogirdlikning ajoyib namunasini ko’radi.
3-asosiy masalaning bayoni :
1469- yilda Abu Said Mirzo Qorabog’da jangda halok bo’lib, Husayn Boyqaro kelib Hirotni egallaydi. Samarqanddan Navoiyni chaqirtirib kelib, muxrdor qilib, belgilaydi. Shoir o’z do`stini tabriklab «Hiloliya» qasidasini yozib manzur etadi. 1472- yilda Husayn Boyqaro Navoiyni vazir qilib oladi. 1476- yili shoir istefosi qabul qilinib, Alisher Navoiy «Mukarrabi sulton» darajasida bir umr Sulton Husayn Boyqaro saltanatining rukni a’zami bo’lib qoladi.
70-80 –yillar Navoiy ijodiy tarjimai holida juda ko’plab asarlar yaratilgan bir davri edi. «Badoye ul -bidoya», «Navodir un- Nihoya», «Xazoyin ul- maoniy», «Xamsa» kabi ijod gultojlari shu davr maxsulidir. 1486- yilda Husayn Boyqaro Navoiyni Astrobodga hokim qilib jo’natdi. To’g’ri, Hirotga o’rgangan, madaniy markaz tashkilotchisi va ulkan homiysi bo’lgan Navoiy Hirotdan yiroqlashishi noxush edi, biroq Astrobod notinch edi, Astrobod notinchligi Husayn Boyqaroni bu qarorini taqozo etardi. Ikki yildan so’ng Navoiy Hirotga qaytdi. Buni tezlashtirgan hodisa: jiyani Mir Xaydarning : «Hirotda Navoiyga qarshi suiqasd tayyorlanayotgani haqidagi mish – mishni Alisher Navoiygacha yetib borgani bo’ldi». Navoiy ona shahri Hirotga qaytib, yana davlat ishiga va ijodga boshi bilan sho’ng’ib ketdi. Abdurahmon Jomiy va Sayyid Hasan Ardasher kabi ustozlari ham ma’naviy hayotda, ham davlat ishida Navoiyga qo’shqanot edilar. Chunki Navoiy tavsiyasi bilan yaxshi odamlar vazirlikka tayinlangan (chunonchi Sayyid Hasan Ardasher)edi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling