Mumtoz adabiyotda an’anaviy mavzu va obrazlar
Mumtoz adabiyotda an’anaviy mavzular. Mumtoz adabiyotda obrazlilik. Oshiq, ma’shuqa va raqib obrazlaridagi o’ziga xos jihatlar. Ularning asar badiiy xususiyatlariga daxldorligi.
Mumtoz adabiyotda badiiy uslub tushunchasi
Mumtoz adabiyotda badiiy uslub tushunchasi haqida ma’lumot. Uslubning o’ziga xosligida ijodkorlarning individualligi masalasi. Xuroson va Turkiston uslubidagi o’ziga xosliklar.
Mumtoz o’zbek adabiy tilidagi filologik asarlar va ularning badiiy adabiyotni o’rganishda muhim manbalar ekanligi
Mumtoz o’zbek adabiy tilidagi filologik asarlar va ularning badiiy adabiyotni o’rganishda muhim manbalar ekanligi masalasi. “Muntahab ul lug’at”, “Abushqa”, “Kelurnoma”larning o’ziga xos xususiyatlari.
Islomgacha bo’lgan davr adabiyoti
Moniylik mazmunidagi turkiy adabiyot. Moniy va uning ta’limoti xususiyatlari. Moniylik – zardushtiylikning mahsuli sifatida. Moniylik she’rlarining mavzui. «Xuastuanift» (Moniylarning tavbanomasi) asarining o’ziga xos xususiyatlari.
Budda mazmunidagi turkiy adabiyot. Markaziy Osiyoda buddaviylikning xos xususiyatlari. «Oltun yoruq», «Shahzoda va bars» afsonalari.
Uyg’ur yozuvidagi yodgorliklar
Uyg’ur yozuvidagi yodgorliklar. «Devonu lug’otit turk» asari orqali bizgacha etib kelgan badiiyat namunalari. Alp Erto’nga marsiyasi. Qadimgi afsona va qo’shiqlar poetikasi. «Devonu lug’otit turk»da munozara janrining ilk ildizlari. «Devon»dagi xalq maqollari poetikasi.
Yozma yodgorliklar
Qadimgi yodgorliklarning yozuv xususiyatlari. Ieroglifik va piktografik yozuvlar. Mixxatlar va runiy yozuvdagi ilk manbalar.
«Avesto» yodgorligi (er.av.VII asr) zardushtiylikning muqaddas kitobi ekanligi. «Avesto» qadimgi mif va afsonalar majmui sifatida. Zardusht shaxsi haqidagi ma’lumotlar. Uning tarkibiy tuzilishi. Asosiy qism va Zandlar. «Avesto»ning ilmiy-tarixiy qimmati. «Avesto»ning o’rganilishi tarixidan. «Avesto» adabiy manba sifatida. Asardagi etakchi qahramonlar va timsollar. “Avesto”ning badiiy xususiyatlariga doir.
Do'stlaringiz bilan baham: |