O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
Asosiy qism O‘zbek adabiyoti tarixi
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzular Ajratilgan soatlar
- Mumtoz adabiyotning genezisi, shakllanishi va taraqqiyoti
- Mumtoz adabiyotning diniy-tasavvufiy va ilmiy manbalari
- Mumtoz she’r
Asosiy qism
O‘zbek adabiyoti tarixi (2-kurs 3, 4-semestr uchun) Ma’ruza mazmuni va soatlar taqsimoti
3 kurs (5-semestr) Ma’ruza mazmuni va soatlar taqsimoti
Asosiy qism Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Mumtoz adabiyotga kirish kursining maqsad va vazifalari Turonzamin qadimgi madaniy markazlardan biri sifatida. Qadimgi davrlardan eramizning VIII asrigacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar madaniyati, yozuvi va san’ati. Qadimgi shumer madaniyati va turkiy qavmlar tarixi. “Bilgamish” dostonining turkiy xalqlar eposiga munosabati. Mumtoz adabiyotning genezisi, shakllanishi va taraqqiyoti Eng qadimgi og’zaki adabiy yodgorliklar. Ularning asosiy manbalari. Mif va afsonalar qadimgi hayot aksi, tabiat haqidagi tasavvurlarining badiiy ifodasi ekanligi. Mif va afsonalarda badiiy xayolotning o’rni. Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo xalqlariga doir ma’lumotlar. Qahramonlik eposi. Markaziy Osiyo eposlar vatani ekanligi. Sharq epik adabiyotining mashhur qahramonlari. Qadimgi qahramonlik eposining yunon manbalari orqali etib kelgan namunalari: «To’maris», «Shiroq». Xalq qissalari haqida ma’lumot. Iskandar to’g’risidagi qissalar. Mumtoz adabiyotning diniy-tasavvufiy va ilmiy manbalari Islom madaniyatining shakllanishi va musulmon intibohi (renessansi). Somoniylar, saljuqiylar, g’aznaviylar va qoraxoniylar davrida islomiy madaniyat. Hadis to’plash an’anasi va unda turkistonlik buyuk muhaddislarning roli. Imom Buxoriy va at-Termiziy. «Al-jome’u-s-sahih» va «Shamoyili Muhammadiyya» asarlari. IX-X asrlarda arab tilining madaniy hayotga faol aralashuvi. Arab va fors tillaridagi adabiyot. Turkiy xalqlarning arab va fors tillarida ijod etishi. Markaziy Osiyo buyuk allomalar vatani: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida adabiyot masalalari. Badiiy asarlar va tazkirachilik. Abu Mansur as-Solibiy va uning «Yatimatu-t-dahr» asari. Chag’oniyon adabiy muhiti. Mumtoz she’r Ilmlar uchligi va ularning mumtoz poetikani o‘rganishdagi ahamiyati. Adabiy va tarixiy manbalarda mumtoz poetikaga doir qarashlar. Adabiy tur tushunchasi va uning ifodalanish shakllari (nasr, nazm). Baytli she’r shakllari. G‘azal, qasida va mustazod janrlari. Kichik lirik janrlar tavsifi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling