O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet34/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Dedi: ishqida maqsudumg’a etgum! (8, 323-325).
Mazkur parcha bir necha jihatdan e'tiborni tortadi. Ishq va junun— oshiq qismatida markaziy halqa. Chunki bu o’rinda majnunlik jismoniy-ruhiy xastalik emas. Jazba yoxud junun — ishqning maqomlaridan biri. Bunday bosqichdagi ishq majoziy yoxud haqiqiy bo’lsin, uning vatani dildir va u boshqa har qanday tuyg’udan ustun turadi. Junun holatiga yetgan oshiqni ma'shuqadan keladigan hijron, g’am, anduh, jabr-u jafo qilcha bezovta qilmaydi. Ishqning kuydirishini oshiq o’zi uchun sharaf deb biladi va uni quvonch bilan peshvoz oladi. Negaki, ana shu sinovlarsiz poklanish baxti muyassar bo’lmaydi. Shuning uchun ham Farhod muhabbatni shahvoniy hirsni qondirishning vositasi deb biluvchi Xusravga pisanda qilayotir. Kuyishni so’z bilan yetkazib bo’lmaydi, uni jisman va qalban tuymoq lozim.
Munozarada o’rtaga qo’yilgan masalalardan yana biri ishq va uning tarki (undan voz kechish) muammosidir. Sadoqat shevasini shior aylagan oshiqlar uchun ishqdan kechmoq — o’zidan kechmoq, o’lim bilan barobardir. Insonning olijanob fazilatlaridan biri so’zining ustidan chiqish, lafzini himoya qila olishi hisoblanadi. Oshiqlar ahli bu borada ibratdir. Xuddi shunday dadil munosabat ishq va ganj, ishq va zar (boylik) xususida ham namoyon bo’ladi. Fidoyi oshiq nigohida ishq-muhabbat daxlsiz dargoh hisoblanadi. U sotilmaydi va sotib olinmaydi. Farhodning Xusravga bergan javobida buni yorqin sezishimiz mumkin. Ishq ruhiy-ma'naviy xazina. Javohirot xazinasi esa uning qiyosida tuproq bilan teng. Ishq-kimyo. Kimyoni faqatgina kimyo bilan yonma-yon qo’yish mumkin. Kimyo yoxud kimiyo Sharq mumtoz adabiyotida qo’llanadigan va serjilo so’z, istilohlardan biridir. Kimyo fanning nomi. Yana bir tushuncha ham mumtoz adabiyotda keng tarqalgan bo’lib, asarlardan asaiga ko’chib yashaydi. o’sha aqidaga ko’ra, shu fan vositasida mis, qalayi kabi ma'danlarni (hatto tuproqni) oltinga aylantirish mumkin ekan...
Kimyo—ajoyib, noyob, nodir narsa. Har qanday ortiqchaliklardan arigan, pokiza sohadir. Farhod lafzida ana shu ma'noda istifoda etilgan ishq pok ruhiy-ma'naviy tuyg’u. Xazina esa bu sharafdan benasibdir. Bunday qochirim o’z mantiqiy zaminiga ham ega. Negaki, biror-bir ma'dan tabiatda kimyoviy nuqtai nazardan sof holida emas, balki qotishma, qorishiq tarzida uchraydi. Ulug’ shok shu qonuniyatni nazarda tutadi va ishq kimyosini xazina bilan bir safga qo’yish uchun rozilik bermaydi. Ilmiy-adabiy asarlarda «kimyoyi vujud» atamasi ham uchraydi. Mazkur ibora vujudni poklovchi, vujudni saralovchi iksk ma'nolarida keladi. Odam vujudi uchun iksir vazifasini komillik maqomiga ko’tarilgan ulug’ zot — pir, shayxning nazari yoxud favqulotda ta'sir qilish kuchiga ega bo’lgan narsa, tuyg’ular o’tashi mumkin. Tabiiyki, ikkinchi omil ishq-u oshiqlikdir.
Ulug’ shoir she'rlarida «ishq ichra shoh-u gado tengdur, balki gado fuzun»,-degan g’oya yashaydi. Farhod tilida o’sha mazmun yana bir karra aks-sadp bermoqda. Ishq iksir ekan, u poklanishga moyil barcha qalblardan makon topishi muqarrar. Ayonki, o’sha safda shoh ham, gado ham tura oladi. Alisher Navoiyning gadoga urg’u berishi o’z tag ma'nosiga ega. Shohning suyangan toji, taxt-u baxti, joh-u davlati bor. Gadoda esa yolg’iz ishq iksiri mujassam. Uning gadoligiga esa o’sha ishq boisdir. Chunki oshiqning ko’ngU xazinasi ana o’sha boylikdan o’zgasini qabul qila olmagani tufayli gadolik holatiga tushgan. Shundan ishq iksiri tufayli Farhod toj va mamlakatdan «tozalanib», oshiqlik shevasini shior aylagan edi. Xusravning qatl haqidagi do’g’-u dabdabalarini ham Farhod nihoyatda sovuqqonlik bilan, seskanmay qabul qiladi. Bahouddin Naqshband hazratlari nuqtai nazaridan «o'lim do’stning do’st huzuriga (Alloh dargohiga) tashrifi ekan, bundan xafa bo’lmoq ne hojat?» Darvoqe, odamning dunyoga kelishi Uning xoxish—irodasi ekan, qaytishi—o’limi ham bandasini o’z huzuriga da'vati emasmi? Komil musulmon rutbasidagi Alisher Navoiy uchun bunday islomiy qarashlar kunday ravshan edi. Shundan bo’lsa kerak, uning qalamidan sayqal ko’rgan Farhod pinagini buzmay, «ishq yo’lida qurbon bo’lish mening maqsadimdir»,-deya turaveradi.
Dostondagi ilohiy ishqdan mahrumlik, dunyoviy zulmning timsoli bo’lgan Xusrav Parvez Farhodning javoblaridan nihoyatda ta'sirlanadi. Uni dorga osmoqchi bo’ladi, biroq vaziri Buzrug Ummidning taklifi bilan Chin shahzodasi Salosil (Zanjirlar) g’orida bandilikda saqlanadi. Shunday qilib, ma'rifat martabalaridan odimlab, ruhiy-ma'naviy yuksaklikka tomon harakatlanayotgan oshiq bilan jaholat, makr-hiyla, beburdlik, g’ofillik botqoqlarida botib borayotgan zolim orasidagi to’qnashuv asar sahifalarini g’oyat ziddiyatli lavhalar bilan boyitadi. Suqrot ta'kid etgan: «Haqiqat ahli zindoniydur asru»,-degan hukm shahzoda qismatida ham mavjudligi namoyon bo’ladi. Farhod Suqrotdan olgan ta'limi asosida tutqunlikdan xolos bo’lish imkoniyatiga ega edi. U shunday qudrat sohibi ekanligini namoyon ham qiladi. G'or yo’lida qum va olmos tashlanganligi-yu, besh yuz qorovul tayinlanganiga qaramay, bemalol temir darvozani ochib chiqib ketaveradi. Biroq nigohbonlar Xusrav tomonidan o’limga hukm etilishini istamay, yana zanjirlar g’origa kelishni ixtiyor etadi. Shopur bu xabardan voqif bo’lib, hushsiz yotgan Shiringa Farhodning tirik ekanligini aytadi. U oshiq va ma'shuqalarning ishq haroratidan jo’shib bir-birlariga intiqlik bilan yozgan maktublarini ulaiga yetkazib turadi. Biroq ezgulik jaholat qurboniga aylanadi. Xusrav yana makr-hiyla yo’liga o’tadi. Hiyla-nayrangi falaknikiga o’xshash, qaddi ikki bukilgan qari kampirni Farhod huzuriga yo’llaydi. Firibgar zol Xusrav Arman mamlakatini bosib oladi, Mehinbonu u bilan yarashadi. Shirinni unga berishga rozi boladi, ammo Shirin bunga chidolmay o’zini halok etadi, deb Farhodni ishontiradi. Bu makkora kampir afsonasidan Farhod ichida yuz minglab tig’ tushib, u faryod ko’taradi:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling