O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
Bosh qoliplovchi syujet: Navoiyda Xudxud boshlik qushlarning Semurug`ni izlab yetti vodiyni bosib o`tishlari saqlangan. «Lison ut - tayr» eng yirik hikoya mustaqil doston deyishga arzigulik Shayx Sa’non qissasi ham dan o`rin olgan. Biroq asarda keltiriladigan boshqa hikoyatlarning asosiy qismi – yangi. Kashshofona mustaqillik na’munasi.
Tarjima elementlari: Surati murgoni olam sarba – sar, Soyai ust bidon, ey bexabar! Jumla olam qushlarining surati, Bilki onning soyai purxikmati. Boshlanishi har xil: Ofarin bod, ofarin on pokro On ki jon baxshid mushti xokro. Jon qushi chun mantiki roz aylagay, Tengri hamdi birla ogoz aylagay. Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» da ustoz Farididdin Attorni ota, oliy sifat shox der ekan, o`zini o`gil emas, men banda – qul, deydi: Men demonkim, ul atodur, men – o`gul Ul shaxi oliy sifat, men banda – qul. Navoiy va Attor falsafiy qarashlarini bir – biriga qarama – qarshi kuydilar: mistik Farididdin Attorni tarkiduyochilikda aybladilar. O.Jo`raev «Insoniyatga qarshi g’oyalar bilan sugorilgan «Mantiq ut-tayr» dostoniga qarshi Navoiy gumanizm bilan sugorilgan «Lison ut-tayr» dostonini yaratdi» deb davo qildi… Bu ilmiy tuxmat va ma`lum ma`no ilmiy g’irromlik ham edi (qarang: V.Raxmonov «Attor va Navoiy») «UzAS 9. 2. 1991 y». «Mantiq ut - tayr» ham «Lison ut - tayr» singari bebaxo asardir. Ming afsuski vulgar sotsiologizm va adabiy metodologiyaning xato va ojizligi tufayli «Lisonu ut - tayr»ni o`rgangan akademik V.Y.Zohidov Farididdin Attor «Mantiq ut - tayr»iga mutlaqo noto`g`ri baho berdi. Faylasuf olim Alisher Navoiyni (shogirdni) Farididdin Attorga (ustozga) qarama – qarshi qo’yadi. V.Zohidovning «O`zbek adabiyoti tarixidan» kitobida, «Mir idey obrazov Alishera Navoi» monografiyasida va «Ulug shoir ijodining qalbi» tadqiqotida «Mantiq ut - tayr»ning umumiy g’oyasi va falsafasi bashariyatga qarshi qaratilgan asar sifatida talqin etilgan. V.Zohidov Farididdin Attorning asari haqida shunday deb yozadi: «Attorning o`zi va u tipdagi tarkidunyochi so`fiylar haqiqiy dunyo bilan, undagi xayot bilan aloqador har qanday masala bilan mashg’ul bo`lishini rad etadilar, har kishining - xoh shoxning, xoh aholining bu dunyo ishlari bilan mashg’ur bo`lishi, unda yaxshi hayot yaratib yashash uchun intilishini behuda deb qoralaydilar. Navoiy esa, bunday emas. U «Lison ut – tayr »ni mamlakatning real saodati, xalqning real baxti bilan bo’lgan orzular bilan tugatadi, asarning avvalida kuygan odil va oqil podsho xaqidagi orzu, ideyasini takrorlash va ifodalash bilan uni xulosalaydi ». Akademik V.Y.Zohidov Farididdin Attorning «Mantiq ut - tayr» va Alisher Navoiyning «Lison ut - tayr» dostonlari moxiyatini falsafiy tasavvuf kontseptsiyasiga ko`ra talqin kilishga kirishib ollohdir degan. Shuning uchun ularning qarashlari bir – biriga teskaridir degan fikrni olg’a suradi, deydi : «O’ttiz qush Xudxuddan: ular bilan Semurg’ o’rtasidagi munosabatni tushuntirib berishni so`raydilar. Attor Xudxud tilida qushlarga javob berib aytadiki: Surati murgoni olam sarbasar, Soyai usti, bidon, ey bexabar. Bu bilan Semurg’ (xudo) eng asosiy, oliy borliqdir u yerdagi qushlar (odamlar va xokazolar) esa - ana o`sha Semurg`ning ayanchli soyasidirlar, Demak, bu qushlar – soyadirlar, asosiy borliq (voqealik) qimmatiga, ahamiyatiga ega bo`la olmaydilar, zero, asosiy tana (borliq) bilan uning soyasi orqasida mumkin – demaqchi bo`ladi Attor. Shunday bo`lgandan, uzlat orqali soyalikni tashlash uchun asl «tana» ni axtarishga, «tana»ga aylanishga intilish kerak. O`z «Lison ut - tayr» ini «Mantiq ut - tayr»ning «tarjimasi» degan Navoiy shu o`rinda, Attorning yuqoridagi fikriga mohiyat – e`tibori ila zid fikrni o`rtaga tashlaydi. Navoiy aytadiki: Barcha olam qushlarining surati, Bilkil, oning soyai purxikmati, Bu bilan, butun qushlar ahamiyatsiz, ma`nosiz borliq – bo’sh soya emaslar, aksincha, ularda xudoning hikmatlari, komilligi zuhur etandir, demoqchi bo`ladi. Navoiy yana davom etib deydiki, xudo o`z xusnini zuxur, janlon ettirmoqchi, konkret narsalar, tabiat sifatida gavdalantirmoqchi , komillikka erishmoqchi bo`ldi va u o`zining bu maqsadiga erishdi – xudo xusnining, xikmatining mujassamlashgan bo`lgan, uning mazmunining konkretlashgani bo`lgan tabiat (murod) maydonga keldi. Demak, bu tabiat o`z xusnini, xikmatini konkret narsalarda aks ettirgan xudoning tajallisidir, demak, bu tabiat - Vohid ilohiy mohiyatning, substantsiyaning tabiat sifatida ko`ringanidir». Faylasufimiz tajalli mohiyatini to`g’ri yoritgan. Biroq Attor va Navoiy qarashlarining falsafiy moxiyatini bir – biriga zid qo`yib jiddiy xatoga yo`l qo`ygan. Ustoz Attor va izdosh Navoiy asarlaridan keltirilgan va bir – biriga qarama – qarshi qo`yilgan baytlarning mazmuni tarjimashunoslik tili bilan aytganda aynan, bir – biriga muvofiq fikrlardir. Chunki Farididdin Attor ham, A.Navoiy ham qushlarni ilohiy nurning soyasi demoqda. Xullas, qayd etmoqchimizki, Vohid Zohidov, Natan Mallayev, Sharafiddin Eshonxujayev, Olimjon Jurayev va boshqa bu masalaga daxl etgan adabiyotshunoslarning Farididdin Attorning falsafasi, «Mantiq ut - tayr»ga doir fikrlari asosan, moxiyat jixatdan mutlaqo xato qarashlardir. Attor o`z dostonida qushlarni gox xudoning soyasi, gox Semurg’ (xudo)ning o`zi deb talqin etadi. «Lison ut - tayr» muallifi ham bu qarashni aynan takrorlaydi va insof yuzasidan o`z asarini Attor dostonnining tarjimasi ekanligini uqtiradi. Men demonkim, ul atodur, men – o’g’ul: Ul shaxi oliysifot, men banda – qul. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling