O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
– asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-asosiy masalaning bayoni
- Nazorat topshiriqlari
3 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Doston mavzulari va g’oyalari haqida ma’lumot berish orqali talabalarni axloqan barkamol qilib tarbiyalash.
Identiv o’quv maqsadlari : 1.Dostonning axloqiy –ta’limiy, ijtimoiy – siyosiy va falsafiy asar ekanligini bilish. 2. Doston mavzulari qamrovi ko’pligini tasavvur etish. 3.«Hayrat ul- abror» dagi g’oyalarning umumbashariyligi va g’oyat muhimligini tushunish. 4.Dostonning mislsiz pandnoma ekanligini tasavvur etish. 3-asosiy masalaning bayoni: «Hayrat ul- abror» - «Xamsa» dostonlari orasidagi eng sermavzu va serg’oya asardir. Chunki qolgan to’rttala dostondagi g’oyalar va mavzular bunda jamdir. N.M.Mallayevning qayd etishicha: «Navoiy bu asarida falsafiy, ijtimoiy – siyosiy va axloqiy – ta’limiy qarashlarini bayon etish, kishilarga ta’lim va o’git berish maqsadini o’z oldiga qo’yadi. Odatda, bunday dostonda tema biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki yozuvchi fikr – mulohazalarini bayoni asosida yoritiladi. Bu holat «Hayrat ul -abror» ning janriga xos ikkinchi bir xususiyatni vujudga keltiradi: lirik ifodani tavsif va ta’rifni asosiy va yetakchi ifoda usuliga, epik tasvirni esa qo’shimcha va yordamchi usulga aylantiradi. «Hayrat ul- abror» da hayot, voqelik shoirning epik bayoni hikoyasi orqali emas, balki uning fikr mulohazalari, his – tuyg’usi va ta’rifi orqali yoritiladi. Shu ma’noda «Hayrat ul- abror» lirik – tavsifiy dostondir ». (424 -bet). Dostonning bir necha bobi bevosita axloqiy – ta’limiy masalalarga bag’ishlangan. «U hikmatomuz so’zlar bilan yaxshi xulq – odobni, mehnatsevarlik va boshqa ezgu xislatlarni targ’ib etadi, yaramas odat va xislatlarni shafqatsiz fosh qiladi» «Hayrat ul- abror» ning beshinchi maqolati karam va saxovatga bag’ishlangan. Bunda saxiylik va baxillik bir – biriga qarama – qarshi qo’yiladi, ularning har birining mohiyati ochib beriladi. Saxovat insonning eng yaxshi sifati va fazilatidir. Saxiy ehtiyojmandlarga ko’maklashishi, saxovat beg’araz, beminnat bo’lishi kerak. Saxiyman deb to’kib – sochish ham yaxshi emas. Yana bir muhim nuqta: Kishilarning saxovatiga ko’z tikishdan ko’ra o’z qo’l kuchi bilan kun ko’rish ulug’roq va olijanoblikdir. Bu fikr tasdig’iga Xotam Toyi hikoyati keltiriladi. Oltinchi maqolot odobga bag’ishlangan: kishilar bilan munosabat va muamola mezoni, o’zini tuta bilish, bola tarbiyasi va boshqalar haqida mulohazalar yuritiladi. Odob bilan tavoze bir butunlikni tashkil etadi. Ijodkor bola tarbiyasi, uni o’stirish, o’qitish va balog’atga yetkazish haqida keng to’xtaladi. Farzandlarga murojaat etadiki: Boshni fido ayla oto boshiga, Jismni qil sadqa ano qoshiga. Tun –tunungga aylagali fosh nur fosh, Birini oy angla, birisin – quyosh. 7-maqolot qanoat va mehnatdan baxs etadi. Maqolotga ilova qilingan «qanoatli va tamagir» hikoyasida «Xomtama dahrda ranjur erur» degan g’oya olg’a suriladi. «Hayrat ul- abror»ning 8 – bobi vafo va sadoqat ta’rif va tavsifiga bag’ishlangan. Kishilarni bahamjihatlikka chorlanadi. Shoir vafo va ishqni uzviy ravishda bir – biriga bog’laydi. Uchinchi maqolot rostlik va to’g’rilik mavzusiga bag’ishlangan. «Hayrat ul- abror» da ijtimoiy – siyosiy masalalarga keng o’rin beriladi: XV asarning realistik hayot lavhalari chiziladi. Hokimiyat va boshqaruvdagi zo’rovonlik va taloniliklar dadillik bilan tanqid qiladi: xalqning orzu – armonlari kuylanadi, turli ijtimoiy tabaqalar ta’rif va tavsif etiladi. Shoir jamiyat azolarini yaxshi va yomonga, ajratadi. Navoiy ijtimoy – siyosiy hayot voqealarini ulug’ insonparvar va peshqadam ma’rifatparvar mutafakkir sifatida, el – yurt manfaatini himoya qilishga intiladi. Odamiy ersang, demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. Baytidagi fikr Navoiyning butun faoliyati va ijodiyoti uchun yetakchi shior bo’lib qoladi. Navoiy sevgan inson yaramas hislat va illatlardan xoli, fozil va komil kishidir. U mehnatkash, ijodkor, o’z kasb – korini, lavozimini mukammal egallashga, mehnati va zakovati, faoliyati va intilishi bilan o’ziga va o’zgalarga manfaat yetkazuvchi shaxsdir. Navoiy yashagan muhit turli – tuman ziddiyatlar bilan, haqsizliklar bilan to’lib – toshgan edi, zulm va jaholat, xudbinlik va maishatparastlik, xusumat va adovat avj olgan edi: mehnat axli och – yalang’och, ma’rifat namoyandalari xor – zor, joxil va zolim kishilar hurmat va izzatda edilar. Jismoniy mehnat ahllari: dehqonlar, chorvachilar va kosiblar – hunarmandlar, ilm-fan axllarining axvoli mushkul edi. Saroy axllari, amir – amaldorlar, kozi – muftilar esa zulm – zurlik bilan mol – dunyo orttirar, huzur – halovat bilan hayot kechirar edilar. Qozi: Barcha xiyonatni diyonat bilib, Borcha diyonatda xiyonat qilib. Mufti esa, o’ziga foydali bo’lsa nohaq ishga fotiha , tuxmatga fatvo beradi. Devsifat devon omili – soliq yig’uvchi amaldor qayerga borib tushsa, u yerning tinchligini buzadi. Borliq va ilohiyot, inson va uning o’zligi, din, tasavvuf va boshqa masalalar Navoiy falsafiy qarashlarining asosini tashkil etadi. «Navoiyning fikricha, ilohiyot – xudo butun borliqning yagona moyasi, substantsiyasidir: dastlab yolg’iz xudoning o’zidan boshqa hech kim va hech narsa bo’lmagan: xudo xadsiz kuch – qudrat va imkoniyatlarga ega bo’lgan: so’ngra u o’z kuch – qudrati va imkoniyatlarini namoyish qilib butun borliqni yaratgan, bu borliq xuddi bir oyna bo’lib, unda ilohiyot zuhur etgan. Navoiy borliqni ilohiylashtiradi. Bunday dunyoqarash falsafada panteizm deb yuritiladi. Navoiyning fikricha, Ollox olamni yaratar ekan, birinchi navbatda insonni ko’zda tutadi. Inson butun borliqning ko’rki va sharafidir: Ganjing aro naqd farovon edi, Lek borisidin g’araz inson edi. Isonning baxt – saodati uchun, uning ma’naviy kamoloti uchun kurash «Hayrat ul- abror»ning asosiy yetakchi g’oyasidir. Doston qon tomirida kezadigan asosiy fikr – nasixat kattalarga insof tilash orqali axloq – odobdan har tomonlama o’git berishdir: muallif yoshlarni yaxshi inson bo’lib yetishlari, kattalarni esa - yoshi yetuk yoki ulug’larni haqiqiy inson bo’lishlarini istaydi. Pandnoma dostonda katta – kichikni lol qoldiradigan, fikran haqligiga tan berdiradigan muhokama va muloxazalar yuritilgan. Dostondagi g’oyalar umumbashariyligi bilan, muhimligi bilan umrboqiydir: zamon o’tishi, kasb – kor o’zgarishi bilan insonga xos xususiyatlar, axloq – odob, ma’naviy kamolot, kishilikning o’zaro munosabatlari masalalari dolzarbligicha qolaveradi. Nazorat topshiriqlari: 1.Dostonda qanday axloqiy- ta’limiy fikrlar bor? 2.Asardagi ijtimoiy – siyosiy masalalar talqini. 3.Dostonning majoziyligini izohlang. 4.Dostonning falsafiyligini isbotlang. 5.Dostondagi mavzular tizimini ayting. 6.Mavzular dolzarbligini asoslab bering. 7.Dostonda olg’a surilgan g’oyalar mundarijasini aniqlang. 8.Umumbashariy g’oyalar deb qanday g’oyalarni tushunasiz va dostonda ularning qaysilariga ahamiyat berilgan. Doston nega pandnoma asar deyiladi? 9.«Hayrat ul- abror»ning axloqiy-ta’limiy asar ekanligini isbotlab bering. 10«Navoiy tasavvuridagi komil inson» mavzusida referat ish yozing. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling