O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet42/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1.Iskandar va gadolikni ixtiyor etgan shahzoda muloqotida” qanday umumbashariy muammolar xususida fikr yuritadi.
2. Iskandarning adolatli shoh ekanligi qaysi lavhalarda o’z ifodasini topgan?
3. Ulug’ jahongir vasiyatining mohiyati nimalardan iborat.


2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Dostondagi falsasfiy, axloqiy va ta’limiy masalalarni o’quvchiga yoritib berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Davrning ijtimoiy muhiti haqida umumiy tushunchaga ega bo’ladi.
2. “ Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning qanday shaxs ekanligini bila oladi.
3. “Saddi Iskandariy” dostonida vatanparvarlik g’oyasini singdira oladi.
2-asosiy masalaning bayoni:
Alisher Navoiy Iskandar taqdiridagi ikki qutb – jismoniy va ma’naviy ma’rifiy munozarani yonma- yon qo’yib badiiy ifodalashda daom etadi. Yurtda iymon-uadolat bilan hukmronlik qiladigan shohning bo’lishi shart. Ikkinchidan, badiiy adabiyotda yashab kelayotgan markazlashgan davlat g’oyasi borki, Alisher Navoiy ham unga xayrxoxlik qiladi. Biroq bu boradagi kurashlar jangsiz kechmaydi. Jang – vayronalik, begunoh odamlarning qonini to’kilishiga boisdir . Bunisi Alisher Navoiyga ma’qul emas. Asar davomida bir-biriga zid ana shunday tuyg’ular muallifini o’z iskanjasiga oladi. “Saddi Iskandariy” da o’shanday tang vaziyatdan nozik chiqib ketilgan o’rinlar bilan birga, ikkilanishlar, chalkashliklar ham ko’zga tashlanadi.
Alisher Navoiy o’z Iskandari uchun XV asr sharoitida inson aql-u zakovati qodir bo’lgan barcha mo’jiza-yu ezguliklarni ravo ko’radi, biroq uni haddan ziyod taltaytirib ham qo’ymaydi. Dunyoning baqosizligi, foniyligini unga har daqiqada eslatib turadi. Arastu bilan qilgan muloqotlari orqali ana shu tuyg’uni uning shuuriga singdira boradi. Ayni balog’at yoshida (o’ttiz uchda) uni o’lim bilan ro’baro’ qilib qo’yadi. Ulug’ shoir Iskandarning achchiq qismati orqali insoniyatga dahshatli haqiqatni yana bir karra ravshan ko’rsatadi.
Azal kotiblari belgilagan lahzalar yetsa, na mol-dunyo, na mansab-u saltanat, na suyangan tog’laring joningga oro kirolmaydi. Sen dunyodan to’ymagan ko’zlaringni jovdiratib ketasan, ular esa (mol-dunyo va hakozolar) chapak chalib qolaveradi! Iskandari Maqduniy bilan hamshunday bo’ldi, qazosi yetganinihis qilgach, uning ko’zi ochildi, ammo endi kech edi. Jahongir shundagina afsus qildi:


Ne qilg’on xayolim bori xom emish,
Havas jomi ko’nglumga osxom emish (11, 522).

O’shanday lahzada onasini (tutingan onasi Bonuni) eslaydi. O’sha mushtipar nazdida farzandlik burchini ado eta olmaganidan nadomat chekdi. Undan rozi-rizolik tiladi, gustohliklarini afv etishini o’tindi:




Demon qilsam erdi o’g’ulluq sanga,
Qabul aylasam erdi qulluq sanga (11, 523).

Bunday holat-hodisalar inson avlodi peshonasida naqsh topgan bitikka o’xshaydi. To’rt muchasi sog’, ishi avjida, kuch-quvvati to’lib-toshib yurgan paytlarida inson xudbinlik, hirs-u havas etagida yuradi. Boshi yostiqqa yetgach, afsus tortadi. Iskandar bilan ham shunday bo’ldi. Ulug’ shoir tili bilan aytganda: “Necha sarvari baxti farxundasan, Alar bandadur, sen dog’I badasan”, ha, ba’zan ma’naviy-ma’rifiy dunyosi boy odam ham bandaligini unutib qo’yar ekan, chunki o’rtadagi (Alloh bilanorif o’rtasidagi) hijob yo’qolgan emas, ma’naviy-ma’rifiy shakillanishi jarayoni maromiga yetmagan. Iskandar ham qabilada shunday bo’shliq borligini tuydi… Dostonda ular jahongirning onasiga yozgan maktubida alam va dard bilan ifodalagan. O’sha jonso’z maktub oxirida esa Iskandarning vasiyatlari beriladi.


Iskandarning ancha keng shuhrat tutgan bu vasiyati uch bandan iborat. U onasiga murojaat qilar ekan, ta’kidlaydi: “Boshim uzra ko’p iztirob aylamang, Jahonni azodan xarob aylamang”. Masalaning bu qabilda qo’yilishi shar’iy talablarga to’la mos keladi.
“ …Chiqoring bir ilgimni tobutdin,
Hamul nav’kim rishta yoqutdin.
Ki el solib ul sori hayrat ko’zi,
Ne hayrat ko ‘zi, bari ibrat ko’zi :
« Bu panjaki, barmoqlari chekti saf,
Jahonni jahon ahlidan urdi kaf.
Kafi ichra oldi jahon kishvarin,
Bar-u bahrning la’l ila gavharin.
Chu urdu ajaj ilgi tabli rahil,
Baqo bo’ynig’a soldi rahil.
Jahondin shal ilgi misoli borur,
Nechukkim, chinor ilgi xoli borur.
Angakim, madadkor bo’lg’ay bilik,
Jahon shug’lidan bori chekkay ilik “
Alisher Navoiy “ Xamsa” si ana shunday umumbashariy g’oyalarni badiiy ifoda etganligi bilan qimmatlidir.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling