O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
2-mavzu: Til va yozuv masalalari
Tayanch so‘z va iboralar: til, nutq, yozuv, O’rxun-Enasoy, runik, sog’d, arab yozuvi, uyg’ur yozuvi, xronologiya, alifbo. SAVOLLAR Til va nutqning farqlovchi xususiyatlarini sanang. Yozuvning ilk ko’rinishlari haqida gapiring. Turkiy xalqlar qanday yozuvlardan foydalangan? O’rxun-Enasoy yozuvidan qaysi asrlard+a foydalanilgan? Uyg’ur yozuvida qanday asarlar yaratilgan? Til - aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi.Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgia’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilishvositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham Alisher Navoiy barcha mahluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaydi. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Yozuv muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimidir. Yozuv – kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining boshlanishi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildanancha keyim paydo bo‘lgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvningpaydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Og‘zaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Yozuvniig paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning o‘zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik xarakterdagi axborotlarni qayd etish, saqlashtaruriyati bilann bevosita bog‘liq. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; ishlab chiqarish va savdo kengayadi; boshqa xalqlar va davlatlar b-n harbiy, siyosiy va b. shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli ko‘rinshlarn shakllanadi; xalqlarning o‘z tarixini bilishga bo‘lgan zhtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat og‘zaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsada, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Markaziy Osiyodagi xalqlar, shu jumladan, o`zbek xalqi behad ko`hna yozuv madaniyatiga ega. Ular qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu o`rinda so`g`d, O`rxun-Yenisey (runik), uyg`ur, arab yozuvlarini esga olish kifoya. Har biri o`ziga xos bu yozuvlar muayyan darajada oromiy yozuvi bilan bog`liq. Turkiy tillarga oid eng qadimiy yozma matnlar eramizning beshinchi asriga tegishlidir. V—X asrlarda turkiy xalqlar orasida O`rxun yozuvi (boshqa nomlari - turkiy runik yozuv, dulbarchin) keng tarqalgan edi.O`rxun yozuvi turkiy tillarning xususiyatlariga juda mos edi. Bu yozuv yodgorliklari rang-barang bo`lgan, lekin ulardan bizgacha, asosan, qabr toshlariga yozilgan bitiklargina yetib kelgan, chunki toshlar davr sinovlariga chidamlidir. Bu xat turkiy, jumladan, o`zbek xalqi XX asrgacha qo`llab kelgan yozuvlar ichida eng qulayi bo`lgan. XI asrdan keyin O`rxun yozuvi tamoman iste'moldan chiqdi. O`rxun yozuvi bilan deyarli bir davrda o`zbek xalqining ajdodlari uyg`ur yozuvidan ham foydalanganlar. Uyg`ur yozuvi so`g`d yozuvi asosida shakllangan bo`lib, u vatanimizda, XV asrgacha iste'mo1da bo`lgan. Mashhur “Qutadg`u bilig" dostonining bir nusxasi, “Hibatul haqoyiq"ning bir necha nusxasi, Xorazmiy “Muhabbatnoma”sining bir nusxasi, hatto XV asrda ko`chirilib bir to`plamga kiritilgan Lutfiyning bir necha g`azallari uyg`ur yozuvida yozilgan. Arab alifbosiga asoslangan eski o`zbek yozuvi esa VIII asrdan boshlab qo`llanila boshlanadi. Deyarli 800 yil mobaynida bu yozuv uyg`ur yozuvi bilan yonma-yon ishlatilib kelindi. Ammo XVI asrdan, ya'ni shayboniylar hukmronligi davridan uyg`ur yozuvi iste'moldan chiqib ketdi. Arab yozuvida bizning eng nodir yozma yodgorliklarimiz, ming yillik tariximiz bitilgan bo`lsa-da, bu yozuv o`zbek tili fonetikasi va tabiatiga mos kelmas edi. Shuning uchun jadidlar XX asrning boshlaridayoq eski o`zbek yozuvini isloh qilish, uni o`zbek tiliga moslashtirish uchun harakat qildilar. 1921-yildan boshlab lotin alifbosi asosidagi o`zbek yozuviga o`tish harakati boshlandi. 1929- yildan_boshlab o`zbek xalqi lotin alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalana boshladi. Lotin alifbosi asosidagi ilk o`zbek yozuvi o`zbek adabiy tili me'yorlari aniq belgilanmagan davrda qabul qilingan edi va unda ayrim noqulayliklar bor edi. Oradan ko`p o`tmay, sobiq sho`ro tuzumida millatlarni tenglashtirish, millatlararo farqlarni yo`qotish harakati boshlandi, rus tilining, ta'siri kuchaydi. Natijada, 1940- yildan boshlab o`zbek xalqi kirill (rus) alifbosi asosidagi yozuvga o`tdi. Kirill alifbosining o`zbek tili xususiyatlarini ifodalash uchun qulay emasligi haqida mutaxassislar uzoq vaqt munozara qildilar, imloni takomillashtirish, hatto kirill alifbosidan voz kechish haqidagi fikrlarni ilgari surdilar. o`zbekistonning mustaqilligi, uning jahonga yuz tutayotganligi ilg`or kommunikatsiya tizimiga jadal kirishini taqozo etmoqda. Jahondagi ilg`or texnologiya va fan yutuqlaridan samarali foydalana olish mamlakatimiz uchun muhimdir. Hozir dunyoda eng keng tarqalgan yozuv lotin yozuvidir, bu yozuvdan dunyo aholisining 30% i foydalanadi. Ana shulardan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993- yilning 2- sentabrida “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida"gi Qonunni qabul qildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995- yil 6- mayda bu qonunga ayrim o`zgarishlar kiritish haqida qaror qabul qildi. Bu hujjatlarga binoan yangi alifboga o`tish bosqichma-bosqich, ya'ni 1996- yii 1- sentabrdan boshlab 2005- yil 1-sentabrga qadar amalga oshiriladi, deb ko`rsatilgan. Ushbu alifbo 26 harf va 3 ta harflar birikmasidan iborat. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling