O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zlashgan qatlam
O‘z qatlam — o‘zbek tili leksikasining umumturkiy so‘zlar va sof o‘zbek so‘zlaridan iborat qismlari.
Umumturkiy so‘zlar o‘zbek tili leksikasining eng qadimgi lug‘aviy birliklari – so‘zlaridirdir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling: bosh (o‘zb.) — bas (qoz., qoraq.) - bash (qirg‘., turkm.); til (o‘zb., qoz., qirg‘.) — dil (turkm., ozarb., gagauz.); tog‘ (o‘zb.) — too (qirg‘.) — tav, tau (qoraq., qoz.) — dag‘ (turkm., ozarb.) kabi. Sof o‘zbek so‘zlari — o‘zbek tilining o‘zida yasalgan so‘zlar - leksemalar. Ular o‘z qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor: semantik usul - ma’no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi so‘zlarning yuzaga kelishi: ko‘k («rang») — ko‘k («osmon»), yetti («son») — yetti («ma’raka nomi»), yupqa (sifat) - yupqa (ot: «ovqatning bir turi») kabi; affiksatsiya usuli- Bunda o‘zak va affikslar turli til materiallari bo‘lishi mumkin, ammo ularning qo‘shilishi o‘zbek tili tarkibida yuz beradi, o‘zbek tilining so‘z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so‘zlar o‘zbek tilining o‘z qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o‘zb.) — boshla (o‘zb.), temir (umumturkiy) + «-chilik» (o‘zb.) — temirchilik (o‘zb.) Jang (f-t.) + «-chi» (o‘zb.) —jangchi (o‘zb.), madaniyat (ar.) + «-li» (o‘zb.) — madaniyatli (o‘zb.), obuna (r-b.) + «~chi» (o‘zb.) — obunachi (o‘zb.), axta (mo‘g‘.) + «-chi» (o‘zb.) — axtachi (o‘zb.), «be-» (f-t.) + bosh (umumturkiy) — bebosh (o‘zb.) + «-lik» (o‘zb.) — beboshlik (o‘zb.), bil (umumturkiy) + «-im» (o‘zb.) — bilim (o‘zb.) + «-don» (f-t.) — bilimdon (o‘zb.) kabi. Sof o‘zbek so‘zlarining yasovchi asosi arabcha yoki ruscha-baynalmilal bo‘lganda, asalmaning o‘zagi yoki asosida ikki unli yonma-yon kelishi, so‘z boshida ikkiuch undosh qatorlashishi mumkin: maorifchi, matbaachi, doirachi, saodatli, manfaatli, dramnavislik, drenajlanmoq, plakatbop, planbozlik. O‘zlashgan qatlam — o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), axta, bahodir (mo‘g‘.), afandi (turk.), ravshan (sug‘d.), traktor, avtobus (r-b.) va b.lar. Bu qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zlashtirishi VIII asrdan boshlanib, IX—X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhirn rol o‘ynagan: a) arablar istilosi; b) islom dinining keng tarqalishi; d) arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi; e) madrasalarda arab tilining o‘qitilishi; turkiy-arab ikki tilliligining (bilingvizmning) tarkib topganligi; g) olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi va b.lar. Hozirgi o‘zbek tili leksikasida arab tilidan o‘zlashtirilgan leksemalarning ko‘pchiligi ot, sifat va ravish turkumlariga mansubdir: otlar — adabiyot, axborot, avlod, ayol, maktab, maorif ma’naviyat, odam, haqiqat, intizom va b.lar; sifatlar — adabiy, aziz, azim, ayyor, aqliy, badiiy va b.lar; ravishlar — avval, ba’zan kabi. Bulardan tashqari, bog‘lovchilar (balki, ammo, lekin,va, vaholonki), undovlar (ajabo, barakalla, salom, xayr), modal so‘zlar (albatta, ehtimol, avvalo), yuklamalar (faqat), ko‘makchilar (binoan) ham o‘zlashtirilgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishi o‘tmishda faol bo‘lgan, hozir esa bu jarayon deyarli to‘xtagan. Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga misol: matbaa, mutolaa, saodat, oila, doir, e’lon, me’mor, ta’lim, e’tibor, san’at,adabiyot, san’at, tabiiy,ilm, muallim, olim, ftkr, tafakkur. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashtirilishida quyidagi omillarning alohida roli bor: a) o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo‘shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi; b) o‘zbek-tojik va tojik-o‘zbek ikki tilliligining (bilingvizmi- ning) keng tarqalganligi; d) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; e) Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi; f) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik va b.lar. Hozirgi o‘zbek tilida tojik-fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg, baxt, daraxt, daraxtzor, hunar, hunarmand), sifatlar (badjahl, batand, baravar,baxtiyor, ozoda, toza), ravishlar ( do‘stona, tez, bazo‘r, astoydil), bogiovchilar (chunki, yoki, agar, garchi, ham), undovlar (balli, dod), yuklamalar (xo‘sh), modal so‘zlar (chunonchi,binobarin) uchraydi. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarga misol: g‘isht, go‘sht, daraxt,do‘st, farzand,nobud, bahor, obodon, peshona kabi. Tojik-fors tillaridan o‘zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o‘zlashgan: prefikslar — «be-», «ba-», «no-», «ham-», «bar-», «kam-», «xush-»; suffikslar «- kor», «-zor», «-xo‘r», «-parvar», «-kash», «-bop», «-boz», «-do‘z», «-namo», «- paz», «-furush» va b.lar. Masalan:badavlat, beayov, bebosh, beboshlik, nosog‘, noto‘g‘ri, hamkurs, hamyurt, barkamol, kamsuv,kamsuvlik, kamsuqum, kamsuqumlik, xushbichim, xushyoqmas, o‘rikzor, olmazor, bug‘doyzor, bug‘doykor,tekinxo‘r, adolatparvar, chizmakash, somsapaz, yubkabop, kastumbop, gruppaboz kabi. Bulardan tashqari, tojik tilidan o‘zlashgan xona, noma so‘zlari o‘zbek tilida affiksoid vazifasida qo‘llanib, oynoma, ishxona, bosmaxona kabi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan. Ruscha-baynalmilal so‘zIar — o‘zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, sujet, geometriya, fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya va b.lar. Rus tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga ko‘proq quyidagi omillar sabab bo‘lgan: Chor Rossiyasining o‘lkani bosib olishi; b) sho‘rolar davrida rus tilining millatlararo til mavqeyiga ega bo‘lishi, bu mavqening yildan-yilga mustahkamlanib borishi; d) o‘zbek-rus ikki tilliligining tarkib topishi; matbuot, radio, televideniyeda rus tiliga keng o‘rin berilishi; d) maktab- maorif tizimida, oliy o‘quv yurtlarida rus tilining maxsus o‘qitilishi; f) ilm-fan terminologiyasining shakllantirilishida ruscha-baynalmilal atamalarga ko‘proq tayanish; g) ma’muriy-idoraviy ish qog‘ozlarining asosan rus tilida yozilishi va b.lar. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar: kilogramm, litr, millimetr, santimetr, kilometr, sekund, tonna,zavod, fabrika, sex, stanok, teorema, kvadrat,sport, gazeta, transport, mashina, avtomobil, avtobus, poyezd, teatr, spektakl, rejissor, opera, drama,(radio, televizor, lampa, artilleriya, avtomat, tank, raketa, professor, standart, drama,indeks,feodal va medal. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum taqozosi bilan hamda iqtisoddagi va ta’limdagi islohotlar tufayli o‘zbek tili leksikasida yangi ruscha- baynalmilal o‘zlashmalar paydo bo‘ldi: investitsiya, marketing, minimarket, supermarket, test, reyting, litsey, kollej va boshqalar shular jumlasidandir. Topshiriq: Matnni ifodali o‘qing. Uning ommabop xususiyatlarini shakllantiruvchi nutq vositalarini aniqlang. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling