O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. Terminlarning yasalishi. Mutaхаssislikka оid so‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qo‘llanilishi Tayanch so‘z va iboralar
Ariqlarda suvlar qaymoq bog‘lagan.
A) so‘zlashuv uslubi B) badiiy uslub C) rasmiy uslub D) publitsistik uslub 4. Yotoqxonada yashovchi talabalar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi. Ushbu gap qaysi uslub namunasi? A) so‘zlashuv uslubi B) badiiy uslub C) rasmiy uslub D) publitsistik uslub 5. Uydan ketganimga o‘n yil bo‘libdi, O‘n yil qishlog‘imdan yuribman uzoq, Men yurgan yo‘llarda o‘tlar unibdi, Ko‘milib bo‘libdi men kezgan so‘qmoq. (A.Oripov) Yuqorida berilgan parcha qaysi uslub namunasi ekanligini aniqlang. A) so‘zlashuv uslubi B) badiiy uslub C) rasmiy uslub D) publitsistik uslub 6. Oliy Majlis yig‘inlarida, turli anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi qaysi uslub sanaladi? A) so‘zlashuv uslubi B) badiiy uslub C) rasmiy uslub D) publitsistik uslub 7. O‘zbek tilida nutq uslublarining nechta ko‘rinishi bor? A) 5 ta 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 5-mavzu. Terminlarning yasalishi. Mutaхаssislikka оid so‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qo‘llanilishi Tayanch so‘z va iboralar: terminlar, gibrid usul, baynalminal so’zlar, ruscha so’zlar, fors-tojik tilidan o’zlashgan so’zlar, arab tilidan o’zlashgan so’zlar. SAVOLLAR Teminlar qaysi usullar bilan yasaladi? Gibrid usul bilan yasalgan so’zlarga misol keltiring? Ruscha + ruscha usul bilan yasalgan so’zlarni toping? Qisqartma so’zlar deb nimaga aytiladi? Zoologiyaga oid terminlarni ayting? Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z va terminlar kirib kela boshladi. O‘zbek tili leksikasidagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoning Chor Rossiyasiga qo‘shib olinishi natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi. 1950-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiyot terminologiyasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Bu davr iqtisod fani bilimdonlarining iqtisod fanini tartibga solish borasidagi ishlarini kuchaytirish, o‘zbek tili so‘z yasash vositalarining faollashuvi, yangi-yangi terminlar yasalishi va iste’molga kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Albatta, bu rivojlanish jarayonining o‘ziga xos sabablari bor. Xususan, iqtisod sohasida ona tili bazasida mustaqil ravishda darslik, qo‘llanma va lug‘atlar yarata oladigan, soha terminlarini tartibga solish bilan shug‘ullana oladigan mahalliy kadrlarni yetishtirish muhim vazifa bo‘lib qoldi. Bunday chora-tadbirlar tufayli O‘zbekistonda iqtisod fani va iqtisodiyot terminologiyasini tartibga solish, iqtisod fanini o‘qitish sifatini oshirish imkoniyati yaratildi. Natijada iqtisod yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari uchun tarjima darsliklari TERMINNING YARATILISH QOIDALARI Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Termin yagona ma`no bildirisni lozim. Termin sinonimlardan holi bo`lisni kerak. 26 bilan bir qatorda o‘z (o‘zbek) mualliflari mustaqil ravishda yaratgan iqtisod darsliklari, qo‘llanmalari hamda bir qator terminologik lug‘atlar yuzaga keldi. Bu darslik va lug‘atlar o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasini tartibga solish hamda uning yanada ixchamlashuvi uchun katta zamin bo‘lib xizmat qildi. 90-yillar bozor iqtisodiyoti va shu munosabat bilan o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining muayyan taraqqiyot va takomillashuvi bosqichi bo‘lib qoldi. Ma’lumki, tilda so‘zlarning ma’nolari har xil usullar bilan ko‘chishi mumkin. Chunonchi, so‘z semantikasidagi o‘zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro‘y beradi. Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda, semantik usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o‘ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini, masalan, shaklan o‘xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish yo‘li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi. O‘zbek tili iqtisodiy terminlarning semantik yoxud semantik-sintaktik usul bilan yasalishi sof o‘zbekcha yoki o‘zbek tilida avvaldan ishlatilib kelingan arabcha va fors-tojikcha so‘zlarni yangi, iqtisodiy ma’noda qo‘llashdan iboratdir. O‘zbek tilida nashr etilgan iqtisodga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, terminologik hamda izohli lug‘atlar va boshqa Iqtisodiyot terminologiyasidagi sinonimiya foydasiz bir holdir. Sinonim terminlar kishi xotirasiga ortiqcha yuk bo`ladi, ma`no farqlanishi qiyinlashadi. 27 manbalardan to‘plangan misollarni tahlil qilib chiqib, o‘zbek tili leksikasining qator qatlamlaridan olingan leksik birliklar iqtisodiy terminlarga aylanganligining guvohi bo‘lamiz. Bu o‘rinda mazkur so‘zlarning ma’nosi o‘zgargan yoki ko‘chma ma’noda qo‘llangan. O‘zbek iqtisodiy terminlarning ma’lum qismini tashkil qiluvchi bunday birikma terminlar boshqa sohalarda bo‘lganidek, tushunchalarni mantiqan to‘g‘ri, mazmunan va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalashda birikmaning semantik transformatsiyaga uchragan ikkinchi qismining ahamiyati kattadir. To‘plangan materiallardan shu narsa ayon bo‘ldiki, iqtisodiyot terminologiyasida butun nomini anglatuvchi terminlarga qaraganda, uning qismlarini anglatuvchi terminlar kamroq ekan. Ma’lumki, muayyan terminologik tizim yoki umumiste’moldagi ma’nosi ko‘chirilgan leksemalar boshqa sohaning “mulki”ga aylanar ekan, yakka holatda ham, ma’lum so‘zlar qurshovida (ya’ni birikma tarkibida) ham shu sohaga doir tushunchalarni ifodalay oladi. Masalan, shunday bir tushunchani olib ko‘raylik: “qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja chayqovchilari”. Bu tushuncha iqtisodchilar tilida “ayiqlar” deb ataladi. Qisqartma so‘zlar. Qisqartma so‘zlar tildagi eng muhim va keng tarqalgan bo‘lib, ularni qo‘llash qulay va oson hisoblanadi. Talabalar oddiy va murakkab qisqartmalarni bilishlari juda muhim. Qisqartma so‘zlar turlari. Qisqartma so‘zlar biror so‘z va iborani qisqartma shakli hisoblanadi. Quyida turli xildagi qisqartmalar berilgan. Odatda, norasmiy yoki so‘zlashuv usulda qo‘llaniladigan qisqartmalardan iborat. Akronim. Bu kabi qisqartmalar so‘zlarning bosh harflaridan tuziladi. Masalan, OITS-orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Bu kabi qisqartmaakronimlar bir so‘z sifatida talaffuz etiladi. Boshqa turdagi qisqartmalar. Ular yakka tarzdagi harflarning yig‘indisi. Masalan, AQSH - Amerika Qo‘shma Shtatlari, BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Ushbu turga kiruvchi ko‘pchilik qisqartmalar qanday so‘zlardan tuzilgani noma’lum bo‘lib qoladi. Misol uchun, DVD, DNK. Punktuatsiya. Ba’zi qisqartma so‘zlardan foydalanilganda, albatta. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling