O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘ta 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi kurs ishi


Download 241.1 Kb.
bet3/10
Sana02.06.2024
Hajmi241.1 Kb.
#1840300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dilbar

Kurs ishining tuzilishi. Mazkur, kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rt qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I.BOB. FONETIKA VA UNING BIRLIKLARI



    1. Nutq tovushlarining biologik tabiati

Til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur bo‘lgan tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. 2) Ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo sapiyens ga xos xususiyatlar bo‘lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‘shimcha vazifa – ma‘lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qo‘shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning va ham tilshunoslikning tekshirish ob‘ekti bo‘ladi.
Har bir nutq tovushi uch belgini o‘zida mujassamlaydi: 1) akustik; 2) artikulyatsion; 3) vazifaviy (funksional).
Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. 1) nutq a‘zolarining anatomiyasi; 2) nutq a‘zolarining fiziologiyasi; 3) nutq a‘zolarining ijro kechimi.
Unli tovushlar ham, undosh tovushlar ham artikulyatsion belgiga ega. Unli yoki undosh tovushlarning yuzaga chiqishida ishtirok etadigan nutq organlari belgisi artikulyatsion belgi sanaladi. Bu belgiga ko‘ra nutq tovushining tavsifi esa artikulyatsion (fiziologik) tavsif sanaladi. Masalan, unlilar tavsifida lab ishtiroki belgisi va og‘izning ochilishi darajasi (tilning ko‘tarilish darajasi) belgisi fiziologik tavsif uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Undoshlar tavsifida esa undoshlarning paydo bo‘lish o‘rni belgisi (bo‘g‘iz tovushlari, til tovushlari – til orqa, til o‘rta til oldi tovushlari, lab tovushlari, lab-lab, lab-tish tovushlari, tanglay va burun tovushlari) fiziologik jihatdan tavsif asosi bo‘ladi.
Nutq a‘zolarining anatomiyasi deyilganda, shu a‘zolarning shakli, tuzilishi, o‘rni nazarda tutiladi. Bunday a‘zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:

  1. nafas apparati — o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi (1-rasm).


Download 241.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling