O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘ta 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi kurs ishi


Download 241.1 Kb.
bet4/10
Sana02.06.2024
Hajmi241.1 Kb.
#1840300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dilbar

1- rasm. Nafas apparati: 1 – qalqonsimon tog‘ay; 2 – uzuksimon tog‘ay; 3 – kekirdak (traxeya); 4 – bronxlar; 5 – bronxlarning uchki tarmoqlari; 6 – o‘pkaning tepa qismi; 7 – o‘pkaning tag (ost) qismi.



  1. bo‘g‘iz bo‘shlig‘i – traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi.



2-rasm. Bo‘g‘iz (hiqildoq): A - bo‘g‘izning old tomoni: 1 – qalqonsimon tog‘ay; 2 – uzuksimon tog‘ay; 3 – til osti suyagi; 4 - qalqonsimon tog‘ayni til osti suyagiga ulab turuvchi pay; 5 - uzuksimon tog‘ay bilan qalqonsimon tog‘ay orasidagi pay; 6 - kekirdak (traxeya).
B - bo‘g‘izning orqa tomoni; 1 – qalqonsimon tog‘ay; 2 – uzuksimon tog‘ay; 3 – qalqonsimon tog‘ayning yuqori shoxlari; 4 – qalqonsimon tog‘ayning quyi shoxlari; 5 – cho‘michsimon tog‘aylar; 6 – bo‘g‘iz qopqog‘i; 7 – traxeyaning pardasimon (orqa) qismi.
Hiqildoq – nafas yo‘lining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi bo‘lib, ovoz paydo qiluvchi apparat vazifasini bajaradi. Hiqildoq bo‘yinning oldingi yuzasida joylashgan. Odam hiqildog‘i juft va toq hiqildoq tog‘aylarining boylamlar, muskullar yordamida bir-biri bilan birikishidan hosil bo‘ladi. Uni ajoyib musiqa asbobiga o‘xshatish mumkin. Nafas chiqarish vaqtida o‘pkalardan qaytib chiqayotgan havo hiqildoqdagi tog‘aylar orasida tortilgan (musiqa asbobining torlariga o‘xshash) ovoz boylamlariga urilib tovush chiqaradi5.
3- rasm. Bo‘g‘izning ko‘ndalang kesilgandagi ko‘rinishi: 1 – qalqonsimon tog‘ay; 2 – cho‘michsimon tog‘aylar; 3 – un (ovoz) paychalarining qirralari; 4 – ovoz paychalari


4- rasm. Ovoz paychalari orasidagi tirqish ko‘rinishlari:


a — yopiq holat; b — ovoz holati; v – shivirlash (pichirlash) holati; g -nafas chiqarish holati; d— nafas olish holati.



  • un paychalari tinch holatda turganda, ularning oralig‘i ochiq bo‘ladi, natijada nafas apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalarni tebratmay o‘tadi. Bunday vaziyatda ovoz hosil bo‘lmaydi (4-g,d rasm);

  • ovoz paychalari tortilgan (taranglashgan)da, ular orasidagi ochiq bo‘shliq yumuq holatga keladi, natijada havo oqimining yo‘li to‘siladi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga urilib, davriy tebranishni yuzaga keltiradi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) hosil qiladi (4-a, b rasm). Shuning uchun bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbai hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi;

  • ovoz paychalari bo‘shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo‘shliq yuzaga keladi, havo oqimi shu bo‘shliqdan sirg‘alib, ishqalanib o‘tadi, ammo un paychalarini tebratmaydi, natijada shovqin hosil bo‘ladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda qo‘llanadi (4- v rasm);

  • d) halqum – bo‘g‘izdan yuqoriroqda joylashgan bo‘shliq. U uch qismdan iborat: pastki qismi hiqildoq (bo‘g‘iz)ga tutashgan o‘rni; o‘rta qismi – halqumning og‘zi; yuqori qismi – burun bo‘shlig‘iga va eshitish paylariga birikkan (tutashgan) qismi; ye) og‘iz bo‘shlig‘i — til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay, til osti muskulidan iborat apparat;

  • f) burun bo‘shlig‘i — qo‘shimcha ton manbayi. U yumshoq tanglay oxiridagi kichik tilning quyi tomon harakat qilishi natijasida rezonatorga aylanadi: havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘idan o‘tib, qo‘shimcha tonlarni yuzaga keltiradi. O‘zbek tilining m, n, ng undoshlari shu apparat ishtirokida yuzaga keladi.





    1. Download 241.1 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling