O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘ta 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi kurs ishi
Download 241.1 Kb.
|
Dilbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy rahbar: _____________ TOSHKENT – 2023 MUNDARIJA
- I BOB. FONETIKA VA UNING BIRLIKLARI…..……………………
- II BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FONEMA VA TOVUSH MUNOSABATI TASNIFI ……………………………………………..
- XULOSA…………………………………………………………………………
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI Sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘TA 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: _____________ TOSHKENT – 2023 MUNDARIJA
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Harakatlar strategiyasi“ haqidagi farmonining 4-ustuvor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan. Dasturning 4.4-bo‘limi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb nomlangan bo‘lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va ona tilini o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish kabi masalalari belgilangan1. O‘zbekistonda ilm-fan sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, ayniqsa, o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning mavqeini yanada ko‘tarish, jamiyat hayotining barcha sohalarida faol qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qator qonun va qarorlar o‘zbek tilini ilmiy o‘rganishni yangi bosqichga ko‘tarish zaruratini yuzaga keltirdi. “O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart”ligi2 o‘zbek tilshunoslari hal qilishi lozim bo‘lgan qator vazifalarni belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari; 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-son “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 984-son “Davlat tilini rivojlantirish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligining hozirgi davrda qo‘lga kiritayotgan katta yutuqlari bilan birga, hali ilmiy tadqiq etilmagan ko‘pgina sohalar ham mavjud. Jumladan, fonologiya va morfonologiya, intonologiya va stilistika, til matnshunosligi, semiotika (ramziy belgilar tili) kabi sohalari hanuz yetarli o‘rganilmay kelayotgani ko‘pchilik tilshunoslarga sir emas. Bizning mazkur jajji tadqiqotimizda inson tili – tovush tili ekanligini e‘tirof qilgan holda til tovush sistemasining asosiy yarusi hisoblangan fonetik va fonologik birliklarni tadqiq qilishga jazm qildik. Bunda fonema haqidagi nazariyalarning yuzaga kelishi, fonemalarning sistemaga uyushishi, fonemalar bilan ularning o‘zaro ottenkalari o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik munosabatlari, bularning o‘zbek tilshunosligida yoritilganlik darajasi kabi masalalarga alohida e‘tibor berildi. Garchand unda ko‘pgina munozarali masalalar bo‘lsa ham, ularni kelgusida chuqurroq muhokama etish va bu sohadagi ilmiy izlanishlarni davom ettirish zarur. Download 241.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling