o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “O’zbek tilida leksik okkazionalizmlar”
Muammoning o’rganilganlik darajasi
Download 0.51 Mb.
|
ozbek tilida leksik okkazionalizmlar
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Til lug’aviy tarkibining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o’rganish o’z tarixiga ega. Bu masalaga bag’ishlangan ishlarda okkazional so’zlarga e’tibor berib kelinadi. Rus tilshunosligida okkazional so’zlarni neologizmlardan ajratib o’rganishga XX asrning 50-yillaridan kirishildi. Rus tilshunosligida N.I. Felьdman birinchi bo’lib okkazional terminini qo’llagan. U okkazional so’zlarni so’z yasalishining mahsuldor tiplari asosida vujudga keladigan va ma’lum matnga xos ma’no ifodasiga ega bo’lgan lisoniy birliklar sifatida izohlaydi1. Er.Xanpiraning V.V.Mayakovskiy ijodiga xos okkazionalizmlarni o’rganishga bag’ishlangan dissertatsiyasi birinchi monografik ish edi2.
O’zbek tilshunosligida bu mavzuga quyidagi yo’nalishlardagi tadqiqotlarda munosabat bildirilgan: 1. Biror shoir yoki yozuvchining so’z qo’llash mahoratiga bag’ishlangan ishlarda. 2. Adabiy til me’yorlari bo’yicha yaratilgan asarlarda. 3. Okkazional ma’no va okkazional so’z yasalishi haqidagi maqola va tadqiqotlarda. Q.Samadov, X.Abdurahmonov, N.Mahmudov, B.CHoriev, B.Yoriev M.Mirtojiev, L.Abdullaeva, S.Karimov kabilar o’z tadqiqotlarida ma’lum bir ijodkorning so’z qo’llash mahorati masalasida okkazionalizmlarning o’rni va rolini qayd etib o’tgan bo’lsalar-da, uning leksik va badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilingan monografik ish o’zbek tilshunosligida hali yaratilmagan. B.Umurqulov okkazional so’zlarni ijodkorning o’ziga xos uslubini belgilovchi omillardan biri sifatida talqin etadi3. Okkazional so’zlar va ularning adabiy normaga munosabati A.Mamatov tomonidan chuqur o’rganildi. Olim asosiy e’tiborni lingvistik norma muammosini hal etishga qaratar ekan, “nonormal”, “noqonuniy” bo’lgan okkazional so’zlar va iboralarga xos belgilarni misollar asosida tahlil qilib beradi2. Tadqiqotchi S.Mo’minov neologizm va okkazionalizmlarning xususiyatlarini qiyoslab, o’ziga xos bo’lgan farqli tomonlar haqida o’z qarashlarini bayon qiladi.3 O’zbek tilida okkazional so’zlarni izchil ilmiy asoslarda o’rganish XX asrning 90- yillari oxiriga to’g’ri keladi. S.Toshalieva “O’zbek tilida okkazional so’z yasalishi”4 mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu ushbu muammoga oid birinchi monografik ish edi. Tadqiqotchi okkazional so’zlarning o’ziga xos xususiyatlari haqida ham to’xtaladi. U okkazional so’zlarni to’rt tipga ajratadi: leksik okkazionalizmlar, semantik okkazionalizmlar, okkazional yasalmalar va okkazional ibora. Tadqiqot, asosan, okkazional so’zlarning yasalishiga bag’ishlangan bo’lib, unda okkazional so’z yasalishi usullari atroflicha yoritilgan. Bu ishning bizning tadqiqotimizdan farqli tomoni shundaki, unda ko’proq matbuot tili va barcha janrlarda uchraydigan okkazional so’zlarning yasalish strukturasi tahlil qilingan. Biz esa ko’proq e’tiborimizni badiiy nutq okkazionalizmlarini o’rganishga, bu tip birliklarning ma’noviy va badiiy-uslubiy vazifalarini yoritishga qaratdik. BMI maqsadi. Ushbu ishning asosiy maqsadi o’zbek tilidagi lug’aviy okkazionalizmlarning lug’aviy xususiyatlari, matnlardagi badiiy-estetik vazifalarini o’rganishdir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling