o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “O’zbek tilida leksik okkazionalizmlar”


Uzual terminiga berilgan ta’rifni ham ko’raylik. “Uzual


Download 0.51 Mb.
bet6/18
Sana14.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1093177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ozbek tilida leksik okkazionalizmlar

Uzual terminiga berilgan ta’rifni ham ko’raylik.
Uzual. Ma’lum til jamoasining qo’llanish talabiga mos keladigan so’z, frazeologik ibora, grammatik konstruktsiya va h.k. (qiyoslang: okkazional)”.
Uzus (lotincha usus – urf, qoida, qo’llash). Ma’lum til vakillari tomonidan qo’llash uchun qabul qilingan so’z, turg’un birikmalar, shakllar, konstruktsiyalar va h.k.”.3
Berilgan ta’riflar qiyoslansa ma’lum bo’ladiki, lug’at tuzuvchilar okkazionalizmni neologizm deb qarashdan qochishga harakat qilganlar. Ular ko’rsatgan stilistik neologizmlarga berilgan tavsiflar mohiyat jihatidan okkazionalizm tavsiflariga yaqin, lekin birinchisida “tilning lug’at tarkibiga kirmagan” degan fikr ham borki, u ikkinchi so’z tavsifi ichida yo’q. SHunday tasavvur tug’iladiki, okkazionalizmlar neologizmlardan farq qiladigan birliklar, lekin mualliflar ularni qat’iy ravishda neologizm emas, deya olmaydilar.
A.Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug’ati”da “Okkazionalizm produktiv bo’lmagan qolip asosida yasalgan, faqat shu matnning o’zida qo’llangan so’z, individual uslub neologizmi. Masalan, muzqaymoq (morojnыy) kabi” degan ta’rif berilgan. Bundan tashqari, lug’atda okkazional ma’no haqida ham tushuncha berilgan: “Okkazional ma’no (lot. occasionalis - tasodifiy). So’zning semantik strukturasida shakllanib yetmagan, ma’lum individual qo’llashda reallashadigan ma’no: Fan, san’atning gullari butun, to’plangandi suhbat uchun (Oybek). Qiyoslang: uzual ma’no”.1
Bu izoh o’zbekcha okkazional so’z va okkazional ma’no haqida aniq ma’lumot beradi. Ko’rinadiki, “okkazionalizm” “individual uslub neologizmi” termini bilan sinonimik tarzda qo’llanishi mumkin ekan, chunki lug’atlar qoidalashtirilgan, muayyan me’yorlarga solingan tushunchalarni beradi. Okkazionalizmlarga lug’atlarda e’tibor berilmoqda ekan, ularning xususiyatlarini sanashda buni hisobga olish kerak, deb o’ylaymiz.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling