o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “O’zbek tilida leksik okkazionalizmlar”


Download 0.51 Mb.
bet2/18
Sana14.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1093177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ozbek tilida leksik okkazionalizmlar

ISHNING UMUMIY TAVSIFI


Mavzuning dolzarbligi. Til doimiy ravishda yangi lug’aviy birliklar hisobiga boyib boradi. Hech bir so’z kommunikativ ehtiyojsiz tug’ilmaydi. Ammo yangi paydo bo’lgan so’zlar tildagi mavqeiga ko’ra farqlanadi. Har qanday yangi paydo bo’lgan lisoniy birliklar til tizimida o’z o’rniga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi mumkin. Lug’at tarkibida o’z o’rniga ega bo’lmasdan yakka (individual) nutqqa xos va o’sha nutq (matn) doirasidagina qolib ketadigan, tasodifiy, ya’ni favqulodda yaratilgan va ko’pincha lisoniy aloqa jarayonida atigi bir martagina qo’llanadigan so’zlar borki, ular hamisha yangiligi, g’ayritabiiy tuyulishi, betakrorligi, adabiy normadan tashqarida bo’lishi bilan ajralib turadi. Bunday so’zlarni xalq va til ijodkorlari yaratadi. Xalq yaratgan so’zlar tilshunoslikda og’zaki nutq okkazionalizmi, ma’lum ijodkorlar tomonidan yaratilgan so’zlar esa individual - yakka nutqqa xos, ya’ni badiiy okkazionalizmlar deb yuritiladi.
Okkazional so’zlar so’zlovchi yoki ijodkorlar tomonidan o’z fikr va maqsadini o’ziga xos tarzda va aniq ifodalash, o’zlari tasvirlayotgan biror shaxs, narsa, obyekt, voqea-hodisalarni barcha qirralari bilan namoyon etish hamda ularga nisbatan bo’lgan o’z munosabati, ya’ni his-tuyg’ularini yorqin ifodalash maqsadida yaratiladi va qo’llanadi. Okkazionalizmlar tasvir obyektini tavsiflashda tildagi imkoniyatlar nutq egasini qanoatlantira olmaganda yaratiladi.
Okkazionalizmlar bir marta qo’llanishi va o’ta ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Okkazional so’zlarning o’ziga xos vazifalari, xususiyatlari mavjudki, ular o’zbek tilshunosligida hali yetarli ravishda tadqiq qilingan emas. To’g’ri, okkazional so’zlar haqida o’zbek tilshunosligida anchagina fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, S.Toshalievaning o’zbek tilida okkazional so’zlarning yasalishiga oid izlanishlari diqqatga molikdir1. Lekin lug’aviy okkazionalizm maxsus tadqiqot obyekti qilib olinmagan va har tomonlama: fonetik, lug’aviy, morfologik jihatdan, shuningdek, og’zaki yoki yozma nutq ko’rinishlaridagi holati bo’yicha o’rganilmagan. Ayniqsa, lug’aviy okkazionalizmlarning o’ziga xos xususiyatlari, okkazional so’zning tug’ilish sabablari, unga bo’lgan ehtiyoj, okkazionalizmlarning unga yondosh bo’lgan hodisalar − neologizm, sinonimiya, normal va nonormal leksik birliklardan farqi, okkazional so’zlarning tilda ado etuvchi uslubiy, badiiy-estetik vazifalari, bu tip so’zlarning til lug’at sistemasiga munosabati kabi muammolar o’z tadqiqini kutmoqda. Keltirilgan mulohazalar ushbu dissertatsiya mavzusining dolzarbligini ko’rsatadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling