Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-v-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning
Download 166.56 Kb.
|
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻgʻuz lahjasi
2. Qipchoq lahjasi, asosan, oʻzbekistonning Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining qishloq shevalari birligidan iborat boʻlib, oʻzbek adabiy tilidan quyidagicha belgilariga koʻra farqlanadi:
1) fonetik jihatdan: a) ba’zi shevalarda y undoshi oʻrnida j tovushi ishlatiladi: yoʻl-joʻl, yomgʻir-jovmir; b) soʻz oxiridagi gʻ undoshi v tovushi bilan almashtiriladi: togʻ-tov, sogʻ-sov, ogʻmoq-ovmoq; v) soʻz oxirida q, k undoshlari tushiriladi: sariq-sari, kichik-kichchi. 2) leksik jihatdan: mushuk-pishak, doʻppi-qalpoq, ishkom-voyish. 3) morfologik jihatdan: a) hozirgi zamon davom fe’li –yap||yotir oʻrnida –jatir||votir qoʻshimchasi ishlatiladi: borayapti, borayotir-barajatir, yozayapti-jazavotir; b) tushum kelishigi –ni oʻrnida –di/-ti ishlatiladi: uyni, kitopni-uydi, kitapti Qipchoq lahjasi shevalari Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. Belgilari quyidagilar: y oʻrnida j ishlatiladi: yoʻl – joʻl, yoʻq – joʻq kabi; gʻ oʻrnida v ishlatiladi: togʻ – tov, sogʻ – sov kabi; k, q tushuriladi: eshi(k), sari(q) va boshqalar. 3. Oʻgʻuz lahjasi janubiy Xorazm shevalari birligidan tashkil topgan boʻlib, adabiy tildan quyidagicha farqlanadi: 1) fonetik jihatdan: a) soʻz boshidagi t tovushi d , k tovushi esa g tarzda talaffuz qilinadi: til-di:l, togʻ-da:gʻ, keldi-galdi, koʻz-goʻz; b) unlilar qisqa va choʻziq talaffuz etilishi bilan farqlanadi: ot-at (hayvon) // a:d (ism) yoz-yaz (fasl) // ya:z (yozmoq); 2) leksik jihatdan: norvon-zangi, doʻppi-tahiya, ustara-pakki, togʻa-doyi, rayhon-nazvoy, ship-patik ; 3) morfologik jihatdan farqlanib, qaratqich kelishigi –ing, joʻnalish kelishigi –a tarzda ishlatiladi: Hazaraspning olmasi- Hazarasping almasi, bolamga-balama, otamga-atama. Oʻgʻiz lahjasi janubiy Xorazmdagi bir qancha shevalarni oʻz ichiga oladi. Belgilari: unlilar qisqa va choʻziq aytiladi: at (hayvon), a:t (ism) kabi; t tovushi d, k tovushi esa g tarzida aytiladi: togʻ – dogʻ, keldi – galdi kabi. Shuni ham qayd etish lozimki, shevalarning bu kabi oʻziga xos xususiyatlari adabiy tilning matbuot, radio va televideniye, maktab va maorif muassasalari orqali ta’siri asosida asta-sekin yoʻqolib bormoqda. Bu lahjalar tarkibidagi koʻplab shevalar fonetik, leksik va qisman morfologik jihatdan oʻzaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy Oʻzbek tilining, adabiy oʻzbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. Oʻzbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Qoʻqon, Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Buxoro, Qarshi, Oʻsh, Margʻilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tilining me’yorlarini belgilashda Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Fargʻona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan. Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan Oʻrxun-Yenisey tosh bitiklari, Oʻrta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari boʻlgan “Devonu lugʻotit turk”,”Qutadgʻu bilig” kabi oʻlmas asarlar oʻzbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi. Eski oʻzbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga toʻgʻri keladi. Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. Oʻzbek adabiy tili Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida rivojlandi, sayqal topdi. Hozirgi oʻzbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Fargʻona-Toshkent shevalari, ya'ni Toshkent shevasi fonetik tomondan; Fargʻona shevasi morfologik tomondan asos qilib olingan. Lekin bu qipchoq va oʻgʻuz lahjasi xususiyatlari adabiy tilda yoʻq degani emas. Yer yuzida yashayotgan xalqlar toʻsatdan yoki tasodifan paydo boʻlgan emas. Ular turli nomlar bilan hayot soʻqmoqlarini bosib oʻtishgan. Oʻzbek qavmlari ham oʻz nomiga ega boʻlguncha turli etnik nomlar ostida yashagan. Oʻzbek qavmlari asrlar osha qadimgi turkiy davrlarda tarixan shakllangan bir guruh qabilalardan tashkil topgan. Garchand oʻzbek nomi boʻlmasada, oʻzbek xalqining birinchi qatlami IXXI asrlarda qoraxoniylar davrida qorluq, chigil, yogʻmo qabilalari ittifoqi zaminida hosil boʻlgan. Oʻzbek tili mustaqil til sifatida XI asrdan boshlab shakllana boshlagan. Oʻzbek xalqi XX asrning boshlarigacha turk, sart, chigʻatoy, oʻzbek atamalari bilan nomla-nib kelgan. Turk atamasining urugʻ, elat, bahodir, qalpoq, boʻri, kuchli, qud-ratli, qurolsizlar, dubulgʻa ma'nolarida ishlatilgani adabiyotlarda qayd etilgan. Turk nomi oʻtmishda turkiy tillarning umumiy nomini bildirishi bilan birga oʻzbek xalqi va tiliga nisbatan ham qoʻllangan. Sart atamasi XVI asrdan boshlab, oʻzbeklar boʻlgan shahar aholisiga nisbatan ishlatila boshlagan. Sart soʻzi karvonboshi, savdogar, shaharlik ma'nolarida sanskrit tilida qoʻllangan. Chigʻatoy atamasi moʻgʻullar istilosidan keyin paydo boʻlgan. Chingizxonning oʻrtancha farzandi boʻlgan Chigʻatoy Oʻrta Osiyo va Afgʻonistonni idora qilgan. Natijada chigʻatoy yurti, chigʻatoy ulusi, chigʻatoy adabiyoti, chigʻatoy tili degan atamalari qoʻllana boshlagan. Oʻzbek soʻzi esa urugʻ, qabila, elat, saxiy, odamiy, diltortuvchi, sevgili ma'nolarda Lutfiy, Atoiy, Navoiy asarlarida uchraydi. Xulosa Darhaqiqat, adabiy til haqida gap borganda, avvalo, adabiy til –xalq tilining, milliy tilning oliy shakli deyilgan ta’rifga duch kelamiz. Adabiy tilning oliy shaklligi bu tilning oʻziga xosligida, uning oʻziga xos belgilari va vazifasida koʻrinadi. Adabiy til xalq tili negizida yuzaga keladi. Adabiy tilning paydo boʻlishi va uni yaratishdan maqsad umumxalq ommaviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tildan rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy-siyosiy sohalar tili, rasmiy muomala va yozishmalar tili, idoraviy ishlar va hujjatlar tili, diplomatik aloqalar tili, ilmiy uslublar tili, badiiy adabiyot va sahna tili, maorif, madanit tili kabi koʻp yoʻnalishlarda rivoj topishi uchun yoʻl ochadi. Bu hol adabiy tilning koʻp vazifali xususiyatini yuzaga keltiradi. Adabiy tilning koʻp qirrali va murakkab vazifalari adabiy tilning usluban tarmoqlanishiga, adabiy til doirasida xilma-xil nutqiy uslublarning yuzaga kelishiga olib keladiki, bu milliy adabiy tillarga xos muhim xususiyatlardan biridir. Adabiy tilning me’yorlanishi, bu me’yorlarning muayyan qoidalarga olinishi aslida adabiy tilning umumxalq quroli, umumxalq mulki ekanligi bilan bog‘liqdir. Adabiy til oʻzaro aloqa vositasi sifatida oʻzi xizmat qilayotgan millatning barcha vakili uchun umumiydir. Adabiy tilning qabul qilingan, qoidalashtirilgan me’yorlariga barcha joyda, barcha kishilar (yozuvda va soʻzlovchilar) tomonidan bir xilda amal qilinadi. Chunki adabiy til barcha tomonidan milliy tilning namunali va ishlangan shakli deb qabul qilinadi va tan olinadi. Shunga koʻra ham adabiy tilning koʻpchilik tomonidan qabul qilingan va ma’qullangan me’yorlariga, bu me’yorlarga doir qoidalarga amal qilish, unga boʻysunish hamma uchun majburiydir. O‘zbek adabiy tili tarixining vazifasi badiiy, publitsistik, ilmiy-ommabop, dokumental asar va ishlarning tilini, ularda adabiy tilning aks etishini, taraqqiyot jarayonini hamda ularning stillarini o‘rganishdan iborat. Umuman, adabiy til taraqqiyoti ikki aspektda o‘rganiladi: tarixiy va stilistik. Ular bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Adabiy til stillar sistemasidan iborat bo‘lib, u turli davrlarda jamiyatning rivoji bilan turli xil bo‘lishi mumkin. Chunki fikrni ifoda etish jarayonida har bir asar nutq tuzilishining o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. O‘zbek tili bilan boshqa turkiy tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik va noo‘xshashliklar ularning lug‘at tarkibida ham mavjuddir. Agar o‘zbek tili lug‘at tarkibini ko‘zdani kechirsak, unda umumiy turkiy tillarga, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillarga tegishli va faqat o‘zbek tilining o‘ziga xos so‘zlarini uchratamiz. Umumiy turkiy tillarga tegishli so‘zlarning dastlabki qo‘llanishini runik yozma yodnomalarda uchratamiz. O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi turkiy xalqlarga aloqador bo‘lgan so‘zlarning dastlab ishlatila boshlanishi X-XIII asrlar yodgorliklarida ko‘ramiz. O‘zbek tilida boshqa turkiy tillarga xos xususiyatlar bilan birga turkey bo‘lmagan tillarda so‘zlashuvchi unsurlarning ta’siri ham bor. Bu hol o‘zbek tili materiallari asosida turkiy tillarga oid bir qator muammolarni hal qilishda qiyosiytarixiy usulni joriy qilishga keng imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar Tursunov U. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent, 1992. Rahmatullaev Sh. Oʻzbek tili omonimlari izohli lugʻati. Toshkent, 1984. Ma‘rufov A. Paronimlar lugʻati. Toshkent, 1974. Rahmatullaev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeoligik lugʻati. Toshkent, 1978. Mirtojiev. M. Oʻzbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi, Toshkent, 2000. Usmonov.S. Umumiy tilshunoslik, 151 bet, Toshkent, 1972. Ne‘matov H, Rasulov. R, Oʻzbek tili sistem leksikologiyasi asoslari, Toshkent, 1995. Asqarova M, Yunusov R, Yo‘ldoshev M, Muhammedova D. O‘zbek tili praktikumi Toshkent. 2006. Aliqulov T. Metonimiya va polisemiya. Toshkent, 1965. Eshonqulov B. Arabcha lugʻaviy o‘zlashmalarning omonimiyaga munosabati. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali. Toshkent. 1999/3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2010. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. Toshkent, 2010. Download 166.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling